Bolalar kattalarning xatosi va adovati uçun jabr körmasligi kerak
Ikki yil avval ajraşgan oila. Ota alimentni biror marta keçiktirmay, muntazam tölab keladi. Ammo farzandi bilan körişişga kelganda, har safar tösiqqa duç keladi. Majburiy ijro byurosiga qayta-qayta murojaat qilsa-da, bu masala hal bölmaydi.
Oxiri, bolasini öqituvçilari yordamida maktabda körişga majbur böladi. Buni körib qolgan bolaning toğasi bilan ota örtasida janjal çiqadi. Eng açinarlisi, bolaning xulqi özgaradi, jizzaki bölib qoladi, öqişdagi baholari pasayadi. Öqituvçilar bu haqda otasiga xabar beradi, ona esa vaziyatga befarq qoladi. Kattalar bir-biriga baland keliş bilan ovora, bola esa ularning adovati jabrini tortadi.
Bu bir oilaning muammosidek körinişi mumkin. Aslida esa ajrimdan keyin bolaning huquqlari qançalik himoya qilinayotgani haqida jiddiy savol tuğdiradi. Ajrimlar ortida faqat ikki insonning buzilgan munosabati emas, balki bolaning taqdiri, iqtisodiy qiyinçiliklar, oilaviy masʼuliyatga tayyor bölmagan yoşlar va öz vazifasini qayta körib çiqişi kerak bölgan tizim ham turibdi. Oilani saqlab qoliş uçun er-xotinni yaraştirişning özi kifoyami?
«Dunyoqaraşimiz töğri kelmadi» — aslida muammo nimada?
Avvalo, quşning ham ini buzilmasin. Ammo ajrimlar bilan boğliq raqamlar kişini taşvişga soladi. Prezident Andijonda ajrimlar oqibatida ota-ona qaramoğisiz qolişi mumkin bölgan gödaklar taqdiriga eʼtibor qaratgan edi. Prezident erkak ham, ayol ham yölini topib ketişi mumkinligi haqida gapirib, gödakning taqdiri qanday keçadi, degan savolni örtaga taşlagan edi.
Senat majlisida Boş vazir örinbosari — Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Dilnoza Kattaxonova esa ajrim sabablariga töxtalib, xarakterlarning mos kelmasligi, özaro işonçsizlik va oilaviy hayotga tayyor emaslik sudlarga kelib tuşgan arizalardagi sabablarning katta qismini taşkil etişini aytdi.
Ijtimoiy sörovlarda ham bu borada turli natijalar, tahlillar körinadi. Biroq “dunyoqaraşimiz töğri kelmadi” degan jumla ortida uy-joy, işsizlik, migratsiya, xiyonat, ruhiy bosim yoki qarindoşlarning aralaşuvi kabi muammolar ham yaşiringan böladi. Yaʼni ajrim sabablarini şu qadar umumiy tuşunça bilan izohlaş ularning ildizini topişga tösqinlik qiladi.
Yoşlar oila qurişga tayyormi?
Tahlillarga köra, oilaviy barqarorlik nikohning dastlabki yillaridanoq sinovdan ötişi mumkin ekan. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi tegişli qarori bilan uşbu tizim yanada takomillaştirilgan, yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş markazlari negizida tuman va şaharlarda Oila va xotin-qizlar maskanlarini taşkil etiş belgilangan edi.
Qarorda, şuningdek, nikohlanuvçilar uçun oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik, oilaviy-huquqiy munosabatlar hamda ota-onalik könikmalari böyiça öquv kurslarini taşkil etiş közda tutilgan. Maşğulotlarda qatnaşgan nikohlanuvçilarga sertifikat berilişi va bu haqdagi maʼlumot FHDYO platformasiga kiritilişi ham belgilangan.
Bu, albatta, yeçim uçun körilgan muhim çoralardan biri edi. Biroq masalaning boşqa tomoni ham bor. Agar yoşlar nikohdan oldin bunday bilimlarni egallaşi kerak bölsa, uşbu kurslarni keng qöllaş zarur emasmi?
Bu yerda nikohni taqiqlaş yoki yoşlarning huquqlarini çeklaş haqida gap ketmayapti. Gap oila qurişdan oldin uning huquqiy, ruhiy, iqtisodiy va ijtimoiy masʼuliyatini anglaş uçun zarur bilimlarni oliş haqida bormoqda. Albatta, kursning majburiyligi uning sifati bilan birga taʼminlanişi lozim. Yaʼni şunçaki maʼruza tinglab, sertifikat oliş emas, balki amaliy maşğulotlar, oilaviy nizolarni hal qiliş, özaro hurmat, farzand tarbiyasi, oilaviy byudjetni yuritiş va zöravonlikning oldini oliş kabi mavzular örgatilişi zarur. Şunda bir tomondan markazlar bitiruvçilarida amaliy könikmalarning şakllanişi ham sinovdan ötkazilgan bölar edi.
Mahallaning yaraştirişi yetarlimi?
Oila va xotin-qizlar qömitasining sörovimizga javoban maʼlum qilişiça, “Xotin-qizlar balansi” doirasida 28 ta tuman va şaharda 2,3 million nafardan ortiq xotin-qizning ijtimoiy holati örganilgan. Ularning qançasi ajrim yoqasida ekani tahlil qilingan. Qömita maʼlumotiga köra, ular bilan bugun individual dasturlar asosida işlanmoqda. Bunda faqat ayolning emas, balki oilaning boşqa aʼzolari muammolari ham hisobga olinadi.
Ayol.gov.uz platformasining “Oila profili” moduliga bu boradagi tegişli raqamlar kiritilib, tahlil qilinmoqda. Qömita, şuningdek, qança oila yaraştirilganini, qança oiladagi nizolarni bartaraf etiş işlari davom etayotganini maʼlum qildi. Keltirilgan raqamlar, öz navbatida, muammo borasida muayyan işlar olib borilayotganini körsatadi.
Oilani saqlab qolişmi yoki zöravonlikdan himoya qilişmi?
Agar oilada muntazam kaltaklaş, tahdid, ruhiy tazyiq yoki iqtisodiy qiyinçilik mavjud bölsa, yaraştirişga uriniş jabrlanuvçi va bolalar uçun yanada oğir oqibatlarga olib kelmaydimi, degan savol tuğiladi.
Sababi, biz hali ijtimoiy tarmoqlarda şu kabi holatlardan jabrlanganlar, zöravonliklar bilan boğliq misollarni unutganimiz yöq. Bu hodisalar esa, öz navbatida, tegişli idoralarning hududlardagi mazkur muammoli oilalar içiga öz vaqtida kirib bormaganini ham ifoda etadi. Şu kabi holatlar oilani saqlab qoliş yagona maqsad bölmasligi kerakligini anglatadi. Birinçi navbatda, jabrlanuvçi va bolalarning xavfsizligi taʼminlanişi lozim.
Qömita maʼlumotiga köra, bunday holatlarda birinçi navbatda zöravon şaxsga nisbatan tuzatiş dasturlari joriy etiladi. Oilaga psixologik va huquqiy yordam körsatiladi. Muammo hal bölmasa, oila sud yoki FHDYO organlariga yönaltiriladi. Qolaversa, qonunçilikda oilaviy-maişiy zöravonlikdan jabrlangan şaxs talab qilsa, sud yaraşiş uçun muhlat tayinlamasligi belgilangan.
Ajrimdan keyin bolaning taqdiri kimning zimmasida?
Maʼlumotlarga köra, qayd etilgan ajrimlar oqibatida bolalarning köpçiligi onalarining qaramoğida qolmoqda. Bu esa, öz navbatida, ona yoki ota yangi hayot boşlasa, bolaning taqdiri nima bölişi, u boşqa qarindoşlar qaramoğida qolsa, xavfsizligi va ruhiy holatini kim nazorat qilişi borasidagi savollarni ham keltirib çiqaradi.
Bu masalalar esa bola manfaatini himoya qiliş mexanizmlarini yanada kuçaytiriş zarurligini körsatadi. Yana bir oğriqli holat bor. Baʼzan ota-ona boladan bir-biridan öç oliş vositasi sifatida foydalanadi. Ona bolani otasi bilan köriştirmaydi yoki ota bola orqali onasiga ruhiy bosim ötkazişga urinadi. Kattalarning adovati esa şu tariqa bolaning qalbida bitmas jarohat qoldirişi mumkin.
Masʼul idoralar, albatta, bu borada ham qonunçilikka aniq takliflar kiritişi maqsadga muvofiqdir.
– Kriminologik tadqiqotlar ota-onalar örtasidagi muntazam nizolar, oilaviy beqarorlik, farzand tarbiyasiga yetarliça eʼtibor qaratilmasligi, nazoratsizlik hamda mehr-eʼtibor yetişmasligi bolalarning huquqbuzarlik sodir etiş xavfini oşiruvçi muhim omillardan ekanini körsatadi, – deydi Içki işlar vazirligi huzuridagi Kriminologiya tadqiqot instituti rahbari, polkovnik B.Berdialiyev. – Ayniqsa, ota yoki ona iştirokisiz tarbiyalanayotgan ayrim bolalarda ijtimoiy-psixologik qöllab-quvvatlaşning yetişmasligi ularning salbiy muhit taʼsiriga tuşib qoliş ehtimolini kuçaytirişi mumkin.
Demak, ajrimlarning oldini oliş faqat er-xotinni yaraştirişdan iborat bölgan jarayon emas. Oilaviy muammolarning ildizini aniqlaş, iqtisodiy va psixologik yordam körsatiş, zöravonlikdan jabrlanganlarni himoya qiliş va ajrimdan keyin ham bolaning huquqlari taʼminlanişiga ham ehtiyoj seziladi.
Zero, oilani saqlab qoliş uçun nasihatning özi yetarli emas. Eng muhimi, taʼkidlanganidek, bola kattalarning xatosi va adovati uçun jabr körmasligi kerak.
Mohiçehra EŞMIRZAYEVA,
ÖzA muxbiri