Jizzax viloyatida 2017 yilda 172 ta davlat, 1 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatgan.

2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 147 ming 967 nafarni tashkil etgan.Shulardan 24 ming 265 nafari yoki atigi 16,4 foizi bolalar bog‘chalariga qamrab olingan.

bugungi kunda 3-6 yoshli bolalar soni viloyatda 120 ming nafardan ortiqni tashkil etadi. Ayni paytda, viloyatda jami 1 ming 337 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Shundan 223 tasi davlat, 1 ming 31 tasi oilaviy, 13 tasi xususiy, 70 tasi davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir. Viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 91 ming 801 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. Ularni MTTlarga qamrab olish darajasi 2017 yildagi 16,4 foizdan 76,5 foizga yetgan.

Jizzaxdagi maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuq va mavjud muammolar, bog‘chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi xususida viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Feruza Soliyeva bilan suhbatlashdik.  

– Feruza Qahramonovna  o‘tgan 5 yilda 3-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish darajasi viloyatda salkam 61 foizga oshgan. Bu respublika miqyosida tahlil etilganda qoniqarli ko‘rsatgichmi va buning siri nimada?

– Hozircha viloyatimiz respublikada bolalarning qamrovi bo‘yicha eng zo‘ri bo‘lmasada, lekin yaxshi ko‘rsatgichga ega bo‘lgan hududlar qatorida turadi. Buning hech qanaqa siri yo‘q, albatta. Qolaversa, bu ko‘rsatgichlarimizning yaxshi bo‘lishi, avvalo mamlakatiimizda amalga oshirilayotgan izchil  islohotlar samarasidir. 

Prezidentimizning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  farmoni hamda shu kundagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi  qarori soha rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur hujjatlar ijrosi doirasida viloyatlarda maktabgacha ta’lim boshqarmasi xalq ta’limi tizimidan ajratildi. Bog‘chalar faoliyatiga davlat miqyosida katta e’tibor qaratildi. Xususiy sektorning, hukumatimizning keng ko‘lamli yordami bilan soha yanada rivojlandi.

Prezidentimizning tizimni tubdan isloh qilish borasidagi tashabbuslari va hukumat tomonidan yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining barpo etish borasidagi qarorlari tizim taraqqiyotiga xizmat qildi. Jumladan,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 maydagi “2021-2022 yillarda Jizzax viloyatidagi sharoiti og‘ir mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va ijtimoiy soha ob’ektlari holatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida Forish tumani “Do‘stlik” va “Oqtom” mahalla fuqarolar yig‘inlarining har birida 100 o‘rinli, “Narvon” mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurildi. Baxmal tumanidagi 13-sonli, Forish tumanidagi 10-sonli va Yangiobod tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’mirlash-rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Viloyatda yana yangi 320 nafar bolalarni qamrab olish quvvatiga ega maktabgacha ta’lim tashkilotlari yaratilmoqda. Ushbu yangidan barpo etilayotgan MTTlar o‘z faoliyatini boshlagach, 60 nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Shu o‘rinda foydalanishga topshirilgan barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pudratchi (quruvchilar) tomonidan sifatli qurilib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, Prezidentimizning 2022 yil 18 martdagi “2022 – 2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori ijrosi doirasida viloyatning Sharof Rashidov tumani “Olmachi” MFYdagi 23-sonli, “Xayrabod” MFYdagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi. Ayni paytda quruvchilar tomonidan qurilish, ta’mirlash, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Zafarabod tumani “Cho‘liguliston” MFYdagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida jami 2 milliard 450 million so‘mlik mablag‘ evaziga qurilish ta’mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilganini ham alohida ta’kidlash joiz. Ushbu MTTda qo‘shimcha 30 ta quvat yaratilib, 4 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.

Prezidentimizning joriy yil 22 yanvardagi “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 4 ta yangi bog‘cha qurish, 1 ta bog‘chani rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Shulardan, Zomin tumani “Obihayot”, “Qangli” va “Achchi” mahallalarida har biri 120 o‘rinli hamda G‘afur G‘ulom nomli MFYda 270 o‘rinli bog‘cha qurilmoqda. Yangidan baopo etilayotgan ushbu DMTTlarda jami 480 o‘rin tashkil etilib, 100 nafar mahalliy xotin-qiz doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbarining ushbu qarori ijrosi doirasida Zomin tumani “Beshkubi” MFYdagi 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi. Tumandagi yana 3 ta DMTT yangidan qurilayotgan bo‘lsa, 1 ta DMTTda rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda.

– Boshqarma tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari kuz-qish mavsumiga qanchalik tayyor?

– Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga qarashli 223 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidan 150 tasi tabiy gaz bilan, 73 tasi esa ko‘mir bilan isitiladi. Viloyatdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun kuz-qish mavsumiga ajratilgan 2 ming 464 tonna ko‘mir mahsuloti 73 ta DMTTlarga yetkazib berildi. bugungi kunga kelib viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor. 

– Maktab yoshiga yetayotgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar xusisida ham to‘xtalib o‘tsangiz?

– Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga qarashli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil  9 martdagi qarori bilan tastiqlangan nizom asosida hududlarda bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik guruhlarga jalb etish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bugungi kunga kelib bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul jalb etish maqsadida 81 ta guruh tashkil etilgan.

– Jizzax viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ini o‘ylantirayotgan muammolar ham bormi?

– Ish bor joyda kamchiliklar ham bo‘lar ekan. Birdaniga hammasini risoladagidek amalga oshirishning iloji yo‘q. Lekin ana shu kamchilik va xatoliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarilsa, ularni bartaraf etish osonlashadi. Boshqarma boshlig‘i sifatida meni o‘ylantiradigan muammolardan biri boshqarmaga qarashli 223 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 43 tasi ta’mirtalab holatda. Ikkinchisi va eng ko‘p o‘yga toldiradigani viloyatdagi mavjud 300 ta qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarining 23 tasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yo‘qligidir.

– Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari – davlat xususiy sherikchiligi asosidagi, xususiy, oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini qanday baholaysiz?

– Jizzax viloyati bo‘yicha faoliyat olib borayotgan 70 ta davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumiga tayorgarlik ko‘rish yuzasidan buyruqlar ishlab chiqilgan, mas’ul shaxslar belgilangan.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning ijrosi bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Boshqarma xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va boshqa tarbiyaviy, ta’minot, xavfsiz ovqatlanish masalalari, bolalarga yaratilgan sharoitlar, bir so‘z bilan aytganda, umuman nodavlat MTTlar faoliyati mahalliy hokimliklar bilan birgalikda nazorat qilib borilmoqda. Keyingi kunlarda respublikamizda havo harorati keskin pasayib, tog‘li va tog‘oldi tumanlarda kechalari harorat ancha pasaydi. 3-6 yoshdagi bolalarning organizmi ancha nozik bo‘ladi va bunday havoda, agar ishitish tizimlari ishlatilmasa, tez sovuq qotib, shamollab qolishlari ham hech gap emas. Shuning uchun harorat pasayib ketsa, DMTTlardagi isitish tizimlarini ishga tushirishga ruxsat beramiz. 

Mahalliy hokiimliklar o‘z hududlaridagi davlat xususiy sherikchiligi asosidagi, nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi holatni o‘rganishlari lozim. Tog‘li va tog‘oldi tumanlaridagi nodavlat bog‘chalarda isitish davri havo haroratidan kelib chiqib belgilanishi kerak. Qolaversa,  o‘sha hududlardagi MTTlarni qo‘shimcha yoqilg‘i bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ham ko‘rishlari zarur.

–Viloyatda maktabgacha ta’lim tashkilotiga ega bo‘lmagan 23 ta qishloq va mahalla fuqarolar yig‘ini borligini aytdingiz. Ana shu hududlardagi mahalliy hokimliklar, bog‘cha qurilishini davlat dasturiga kiritilishini kutib o‘tirmay, mahalliy tadbirkorlarni jalb etib davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yaratish yo‘llarini izlab topsalar bo‘lmaydimi?

– To‘g‘risi, ko‘nglimdagi gapni aytdingiz. Chunki respublikamizda bolalar bog‘chasi yo‘q mahallalar soni qanchadan-qancha. Ularni barida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib berish uchun nihoyatda katta mablag‘ talab etiladi. Davlat dasturiga kiritish uchun ham vaqt ketadi. Bu borada mahalliy hokimliklar ishni mahallabay tizimi asosida tashkil etib, jiddiyroq bosh qotirsalar nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

A.Qayumov, J.Yorbekov(surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar bog‘chalari kuz-qish mavsumiga tayyormi?