Nukusda Bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tomonidan Orolbo‘yi oromgoh rahbarlari, pedagog kadrlar va yetakchilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbirda respublika komissiyasining 2025 yil 9 apreldagi 29-sonli bayoni bilan tasdiqlangan “Yangi O‘zbekiston oromgohlarida bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha namunaviy 12 kunlik dastur”ni amaliyotga samarali joriy etish masalalari muhokama etildi.

O‘quv-seminarda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining birinchi o‘rinbosari Xurshid Umarov, departamentning madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘yicha bo‘lim rahbari Tohir Abdurahmonov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston kengashi raisi Ulug‘bek Jalmenov va boshqalar so‘zga chiqib, oromgohlarni mavsumga tayyorlash, bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtaldi.

Ta’kidlanganidek, 2025 yil yoz mavsumi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 11 ta statsionar turidagi bolalar oromgohi faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Ushbu oromgohlarda jami 7 ming 140 nafar bolaning dam olishi belgilangan. Shundan Bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tasarrufida bo‘lgan Mo‘ynoq tumanidagi “Oq kema”, To‘rtko‘l tumanidagi “Oq kabutar”, Ellikqal’a tumanidagi “Orol bolalari”, Taxiatosh tumanidagi “Oydin yo‘l”, Nukus shahridagi “Turon”, hokimliklar tasarrufida tashkil qilinadigan Qo‘ng‘irot tumanidagi “Jayhun”, Qonlikӯl tumanidagi “Shunqor”, Ellikqal’a tumanidagi “Gulshan”, Beruniy tumanidagi “Rohat”, Amudaryo tumanidagi “Qaldirg‘och” hamda “Amudaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli xususiy “Orol” oromgohida jami 2 ming 345 nafar bolaning dam olishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, shahar va tumanlardagi ta’lim muassasalari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Yoshlar markaz”larida 69 ta bolalar madaniyat va sport sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil etilib, ularda jami 16 ming 750 nafar bola dam oladi. Jami mavsum davomida 23 ming 890 nafar bola dam olishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda yozgi mavsumda oromgohlarda faoliyat yuritadigan tarbiyachi va yetakchi mutaxassislarni tanlab olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalarining tajribali pedagog va faol talabalaridan saralangan nomzodlar respublika departamentiga taqdim etildi va ularning ro‘yxati tasdiqlandi.  Bolalarning yozgi ta’tilini xavfsiz, mazmunli va maroqli o‘tkazish uchun keng qamrovli aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Jumladan, Departament tasarrufidagi 5 ta oromgohda yoz mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, ulardagi joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha pudratchi tashkilotlar o‘rtasida tender savdolari joriy yilning 28 mart kuni Xorazm viloyatida Respublika departamenti tomonidan tashkil etildi va g‘olib pudratchilar aniqlandi. Oromgohdagi joriy ta’mir ishlari aprel oyida boshlab yuborildi va shu kunlarda yakunlanish arafasida turibdi.

Joriy yilning 24-28 mart va 22-23 aprel kunlari Respublika departamenti vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan barcha statsionar oromgohlarda mavsum oldidan monitoring ishlari olib borilib, tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. Mutaxassislar tomonidan zarur tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi. Mazkur masalalar bo‘yicha tuman hokimliklari bilan yaqin hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda departament tasarrufidagi 5 ta oromgohda va Nukus shahridagi “Aral” oromgohida pudratchilar tomonidan joriy ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Shu bilan birga, oromgohlar hududida tozalash, obodonlashtirish va hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Tuman hokimliklari ta’sischiligida ijtimoiy ob’ektlarda tashkil etilayotgan 5 ta statsionar oromgohda o‘quv yili yakuni bilan ta’mirlash ishlari boshlanishi belgilangan.  

–Amalga oshirilayotgan keng qamrovli tashkiliy chora-tadbirlar bolalarning yozgi ta’tilini xavfsiz, mazmunli va unutilmas tarzda o‘tkazishga, ularning jismoniy-ruhiy sog‘lomlashuvini ta’minlashga, tarbiyachi va yetakchilarni zamonaviy yondashuvlar asosida tayyorlash, mas’uliyati va salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Zero, bugungi yosh avlodni har jihatdan to‘g‘ri tarbiyalash kelajak uchun qo‘yilgan mustahkam poydevordir,–deydi Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti Qoraqalpog‘iston boshqarmasining yetakchi mutaxassisi Maxset Qarlibayev.

[gallery-23363]

O‘quv-seminarda ishtirokchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar, treninglar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan faol formatdagi mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlarning yozgi ta’tili maroqli o‘tadi