Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlar uchun yangi sarguzashtli film suratga olindi (+video)

“O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi hujjatli, xronikal, musiqiy filmlar bilan birga seriallar, bolalar uchun ham samimiy, hayotiy kartinalarni tomoshabinlarga taqdim etib kelmoqda.

Mazkur ijodiy jamoaning bolalar uchun ishlangan filmlari zavqli, yosh tomoshabinlarning e’tiborni tezda o‘ziga jalb etishi bilan ahamiyatlidir. Yaqinda “Yoshlar” telekanali buyurtmasi asosida “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi tomonidan “Tunda yolg‘iz”deb nomlangan film tasvirga olindi. Ushbu film tunda olis tog‘ bag‘rida qolgan bolakaylarning tundek g‘aroyib “dushman” qarshisidagi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.

“Tunda yolg‘iz” kartinasi rejissyori - Islom Risqulov, ssenariy muallifi - Temurpo‘lat Tillayev, operator - Avaz Iskandarov.

Filmda bosh rollarni Diyorbek Sultonmurodov, Muhammadamin Ma’murjonov, Nigina Anorboyeva, Samiddin Lutfullayev, Umarjon Jumayev, Diyor Qurbonov hamda Tursunxo‘ja Boboxo‘jayev ijro etgan.

Qiziqarli va hayajonli lahzalarga boy "Tunda yolg‘iz" filmi premerasi tez kunda "Bolajon" telekanalida namoyish etiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_56bmC2Z1AY" title="Tez kunda, "Bolajon" telekanalida!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

O‘zA