Bolajonlar uchun munosib tuhfa
Mustaqilligimizning hur shabadalari bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab, chekka-chekka hududlargacha esib bormoqda. Bayram arafasida har jabhada bir o‘zgarish, bir yangilik kuzatilayapti.
Birgina Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani G‘alaba MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida qurilgan yangi tipdagi zamonaviy bolalar maydonchasining foydalanishga topshirilishi mahalla bolajonlari quvonchini yanada oshirdi. Ilgari ushbu hududda birorta bolalar maydonchasi bo‘lmagan.
“Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti obektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Qashqadaryo filiali byurtmachiligida pudratchi “Zebu-zar sayqali” xususiy korxonasi tomonidan qurilib foydalanishga topshirilgan mazkur bolalar maydonchasi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan bolajonlarga mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi oldidan munosib tuhfa bo‘ldi.
[gallery-3627]
Bundan tashqari Kasbi tumani G‘alaba MFY hududidagi 9-10-11-12-13-14-sonli ko‘p qavatli uylarni atrofidagi 700 metr kvadrat yo‘laklar beton qoplamasi bilan qoplanib, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.
Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi vakillarining ma’lumot berishicha, joriy yilgi manzilli dasturga asosan, viloyat bo‘yicha 30 dan ortiq bolalar maydonchalari qurilishi rejalashtirilgan. Demak, yana 29 ta manzilda xuddi shunday zamonaviy bolalar maydonchalari qad rostlaydi.
O‘lmas Barotov, O‘zA