Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli bolalar yozuvchisi Aziz Yoqubovning «Bolajon bobo hikoyatlari» nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, uyushma a’zosi, taniqli adib Erkin Malik va boshqalar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish bugungi kunda har qachongidan ham muhim ekani, bunda ijodkor ziyolilar oldingi safda bo‘lmoqlari muhimligini ta’kidladi.  

Yozuvchilar uyushmasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli bolalar yozuvchisi Respublika xalq maorifi a’lochisi Aziz Yoqubov uzoq yillar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida ishladi. U o‘z faoliyati davomida yurtimizning barcha shahar, tumanlarida bo‘lib, maktab o‘quvchilarining hayotini va qiziqishlarini o‘rgandi. Shu bilan birga bolalar haqida hikoya va ertaklar yozdi. Bu ertak, hikoyalar tez orada o‘z muxlislarini topdi.

[gallery-18435]

Ustozlardan biri unga «Endi ertak va hikoyalarni nashrga tayyorla» deb, maslahat bergani hamon yodida. Shu bahona bo‘ldiyu adibning «Kichkina doktor» deb nomlangan ilk kitobi dunyo yuzini ko‘rdi. So‘ngra birin-ketin «Fotimaning quvonchi» va «Guli degan qiz» nomli kitoblari nashr etildi.

Aziz Yoqubovning «Bolajon bobo hikoyalari» nomli kitobidan o‘rin olgan nasriy bitiklar ham jajji o‘quvchilarga mosligi bilan ajralib turadi. Kitobda bolajonlar dunyosi, ularning ko‘ngil kechinmalari, yorug‘ orzu-intilishlari rangin bo‘yoqlarda aks ettirilgan.  

Ushbu to‘plam «Adabiyot» nashriyotida chop etilgan bo‘lib, unga yozuvchi Luqmon Bo‘rixon muharrirlik qilgan. Kitobda «Chumoliga ozor bermang!», «Zamiraning echkisi», «Saida bilan kapalak», «Yo‘qolgan koptok», «Katta saboq», «Haqiqiy do‘stlik» kabi ko‘plab ertaklar jam bo‘lgan.

Taqdimot tadbirida yozuvchining ijodiy faoliyati hamda yangi to‘plami haqida so‘z bordi. Yig‘ilganlarga «Bolajon bobo hikoyatlari» kitobi taqdim etildi.  

N.Usmonova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Bolajon bobo hikoyatlari» nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi