Oilada farzand dunyoga kelar ekan, u barchaga birdek quvonch ulashadi. Yangi mehmon, o‘z navbatida, ota-onasiga alohida mas’uliyat ham yuklaydi.

Agar oila hamjihat, ota-ona oqil bo‘lib bolani yaxshi tarbiya qilsa oiladan yetuk insonlar yetishib chiqadi.

Lekin bunday oilani bunyod etish uchun nima qilish kerak?

...Chiroqchi tumanida yashovchi Abror (ism-familiyalar o‘z¬gartirilgan) hamqishlog‘i Dilfuzaga ko‘ngil qo‘yib uylandi. Ammo to‘y tadorigini ko‘rayotgan ikki yosh negadir qonuniy nikohdan o‘tishni ortga surdi.

Ota-onalar ham bunga befarq bo‘ldi. To‘ydan so‘ng bir muddat yashagan er-xotin o‘rtasida bora-bora turli gap-so‘zlar ko‘paydi. Behuda rashk avj olib, oila qo‘rg‘oni darz ketdi. O‘zaro hurmat va mehr-oqibat yo‘qoldi.

Dilfuza og‘iroyoq bo‘lishiga qaramasdan ota xonadoniga qaytishga majbur bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay qizi dunyoga keldi.

Buni qarangki, Abror o‘z farzandiga ota ekanini tan olmadi. Eng yomoni, qonuniy nikoh qayd etilmagani uchun Dilfuza farzandini o‘z nomiga rasmiylashtirishiga to‘g‘ri keldi.

Shundan so‘ng Dilfuza qizalog‘iga nisbatan A.Qodirovning otaligini belgilashini so‘rab, sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. O‘z navbatida, D.Nurmatovaning talablari batafsil o‘rganib chiqildi va qanoatlantirildi.

Oila kodeksining 62-moddasida belgilanganidek, o‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi bo‘lsa, ushbu kodeksning 61-moddasida ko‘rsatilgan hollarda otalik sud tartibida belgilanishi mumkin.

Otalikni belgilash sud tartibida amalga oshiriladi. Bunda ota-onadan biri yoki bolaning vasiysi yo homiysi yoxud bola kimning qaramog‘ida bo‘lsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek, bola voyaga yetgandan keyin uning o‘zi bergan arizaga asoslaniladi.

Otalikni belgilashda sud bolaning onasi bola tug‘ilganiga qadar eri bilan yashagani, umumiy ro‘zg‘or yuritayotgani yoki ular bolani birgalikda tarbiyalayotgani yoxud ta’minlab turganini yoki javobgar otalikni tan olganligini tasdiqlovchi boshqa dalillarni e’tiborga oladi.

Bolaning onasi bilan bo‘lmagan, lekin o‘zini bolaning otasiman, deb tan olgan shaxs vafot etgan taqdirda, uning otalik fakti sud orqali belgilanishi mumkin.

Sud ushbu qonuniy talablardan kelib chiqib, da’vogar D.Nurmatovaning 2018 yil 6 fevralda tug‘ilgan farzandi Surayyoga nisbatan javobgar A.Qodirovning otaligini belgilash, shuningdek, farzandining ta’minoti uchun javobgardan aliment undirish haqida hal qiluv qarori qabul qildi.

Muxtasar aytganda, oilaning mustahkamligini ta’minlovchi omillardan biri – bu qonuniy nikohdan o‘tib, oila qurishdir. Qolaversa, oila atalgan muqaddas dargohni barpo etayotgan har bir yigit va qiz uning o‘ziga yarasha mas’uliyati borligini anglashi zarur. Ayniqsa, farzand ko‘rish katta mas’uliyat ekanini yoshlarimiz tushunib yetishi shart.

Oilaga yengil qarash, farzand mas’uliyatini anglamaslik esa yuqoridagi kabi chalkashliklarga, eng yomoni, bolaning tirik yetim bo‘lishiga sababchi bo‘layotgani achinarli. Bu fikrlarni yozishdan maqsad – oila qurish ostonasida turgan yigit va qizlar bundan o‘zlariga tegishli saboq chiqarsa yomon bo‘lmasdi.

Habiba XUDOYBERDIEVA, Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bola – oila quvonchi, ota-ona mas’uliyati
Жамият
16:45 / 24:09:2019