Bola huquqlari poymol bo‘lmasin
Har bir ota-ona farzandi voyaga yetguniga qadar boqish va tarbiyalashga majbur. Bu haqda tegishli qonunchilikda ham belgilab qo‘yilgan.
Oila buzilgan va ota-onadan biri o‘z farzandi uchun moddiy ta’minot – aliment to‘lashdan bosh tortgan hollarda alohida yashovchi ota yoki onaning bola ta’minotida ishtiroki o‘ta dolzarb masalaga aylanadi.
Aslida ota-ona o‘z farzandiga hech qanday davlat organining aralashuvisiz ham o‘z ixtiyori bilan va muntazam ravishda moddiy yordam ko‘rsatishi lozim.
Ammo...
Majburiy ijro byurosi Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining 2017 yil 22 martdagi qaroriga asosan qarzdor S.J.dan undiruvchi M.Ya. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga ko‘ra, 2017 yil 10 maydan byuroning Sariosiyo tumani bo‘limida ijro ishi yuritilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklanib, unga tegishli mol-mulklar mavjud emasligi aniqlanmagan.
Majburiy ijro harakatlari olib borish jarayonida qarzdorning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, qarzdor fuqaroning yo‘qligi aniqlanib, qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Qarorni ijro qilish uchun viloyat qidiruv sho‘’basiga yuborilgan.
Ushbu ijro hujjati bo‘yicha qarzdor S.J.ga nisbatan qidiruv e’lon qilingani munosabati bilan hujjat ijrosi vaqtincha to‘xtatilgan. Ijro harakatlari davrida qarzdor S.J.ning yaqin qarindoshlari aliment to‘lovidan bo‘lgan qarzdorlikni o‘z zimmasiga oldi va 2034 yil 1 oktyabrga qadar hisoblangan 126 million so‘m aliment puli to‘lab berildi.
O‘zA