1989 yil 20 noyabr sanasi BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi qabul qilingan kun hisoblanadi. Ushbu Konvensiya inson huquqlari tarixidagi eng muhim hujjatlardan biridir. 

Bugun - BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi 

qabul qilingan kun

Zero, mazkur  sanadan e’tiboran bola huquqlari dunyoning qaysi mintaqasida buzilmasin, uni himoya qilish borasida xalqaro imkoniyat vujudga keldi. Konvensiya bola huquqlarini himoya qilishning kafolatlari mustahkamlangan birinchi xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi.

Konvensiya bir qancha jihatlari bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, Konvensiyada ilk bor bola tushunchasi huquq sub’ekti sifatida tan olingan. Bu huquq sub’ektiga bolalardan tashqari voyaga yetmaganlar ham kiradi. Ikkinchidan, Konvensiya voyaga yetmaganlarning xalqaro ҳуқу­қий maqomini shakllantirdi. Shunga ko‘ra, bolaning huquq va erkinlik doirasi kengaytirildi. Uchinchidan, ushbu hujjatda shafqatsiz qiynoq va qurolli to‘qnashuvlar qurboni bo‘lgan, шuning­дек, qonunni buzgan va muomalaga layoqatsiz bolalarning yuridik himoyasi nazarda tutilgan. To‘rtinchidan, unda bolalarni ba’zi bir salbiy hodisalar (giёҳvaнд­лик va ruhiy ta’sir etuvchi moddalarni noqonuniy iste’mol qilish, bolalarni sotish va g‘ayriqonuniy maqsadlarga jalb etib, ulardan foydalanish) kabi ta’sirlardan himoya qilish masalalari ham alohida qayd etilgan. Beshinchidan, bola yoki o‘smir huquqlarini himoya qilishda kamsitmaslik tamoyili e’tirof etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga 1992 yilda qo‘shilgan va unda ko‘rsatilganidek bolalarning barcha huquqlarini hurmat qilish, ta’minlash va himoya qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.

Yangi O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar 2016 yilda aynan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun imzolanishi bilan boshlandi.

Mamlakatimizda bolalar va yoshlar faoliyatiga doir jami 40 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari asosida bolalar va yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashishning huquqiy mexanizmi yaratilgan.

Sohadagi islohotlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida mamlakatimizda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi joriy qilindi hamda uning huzurida Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuzildi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini bajarish strategiyasi va bola huquqlari masalalari bo‘yicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi. Shuningdek, aholi o‘rtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga ko‘maklashish kabi ko‘pgina muhim vazifalarni amalga oshiradi.

bugungi kunda yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy jihatdan himoya qilish bo‘yicha juda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli huquqiy baza shakllangan desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalar o‘z ifodasini topgan.

Shuni ta’kidlash joizki, bola huquqlarini himoya qilish sohasida qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun O‘zbekiston xalqaro huquqiy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘lida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Amaldagi qonunchilikda bolalarning huquq va manfaatlariga, shuningdek, ularning himoyasiga alohida e’tibor berilmoqda.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyada to‘rt asosiy yo‘nalish belgilangan bo‘lib, bular yashash, rivojlanish, himoyalanish hamda bolalarning o‘zlariga bevosita tegishli qaror qabul qilinishida qatnashish huquqlarini ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

Mazkur yo‘nalishlarda qayd etilgan talablarning barchasiga amal qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bilan mustahkamlangan. Xususan, bosh qomusimizda ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashi, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlashi, farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi hamda onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi, shuningdek, har kim bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan.

Konvensiya talablari hamda Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda qator qonunlar qabul qilinib, bu boradagi huquqiy asos yanada mustahkamlandi.

Xususan, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”, “Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”, “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunlarda bola huquqlarining kafolatlari ta’minlanishi bilan bog‘liq munosabatlar ishtirokchilari va ularning huquq hamda majburiyatlari aniq aks etgan.

Umuman, bugungi kunda O‘zbekistonda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘ziga xos milliy-huquqiy tizim shakllangan bo‘lib, ayni paytda mamlakatimiz bu yo‘lda dadil qadam tashlayotgan davlatlardan biridir. 

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi yaratildi. Unga ko‘ra, bola huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish mexanizmi ishlab chiqilib, davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining izchil olib borilayotgan faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois bola huquqlarini ta’minlash va himoya qilish uchun zarur bo‘lgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar va kafolatlar yaratish O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Baxtiyor Sayfullayev,

Oliy Majlis Senati

Yoshlar, madaniyat va sport 

masalalari qo‘mitasi raisi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bola huquqlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri