Bola huquqi: eʼtirofdan amaliy himoyagaça
Bola bugun qanday şaroitda yaşayotgani, huquqi qay darajada taʼminlanayotgani va salohiyatini namoyon etişi uçun neçoğli imkoniyatga egaligi jamiyatning ertangi kunini belgilaşi mumkin. Şu bois bola huquqi himoyasi faqat qonunçilikda belgilangan majburiyat emas, balki har bir bolaning munosib hayot keçirişi uçun zarur şart-şaroit yaratiş masʼuliyatidir.
1989-yil 20-noyabrda BMT Boş Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqi töğrisidagi konvensiya bolani mustaqil huquq va erkinlik sohibi sifatida eʼtirof etib, uning huquqi himoyasi xalqaro standartini belgilab berdi. Xalqaro hamjamiyat uşbu tarixiy hujjat qabul qilinganining 37 yilligini nişonlamoqda.
Özbekiston 1992-yil 9-dekabrda mazkur Konvensiyaga qöşilişi bilan mamlakatimizda bola huquqi taʼminlanişining milliy huquqiy asosi şakllandi. Keyingi yillarda bu boradagi qonunçilik takomillaşib, bola manfaati muhofazasiga ixtisoslaşgan institutlar faoliyati huquqiy asosi mustahkamlandi. Ayni payt raqamli makondagi tahdid, kiber bulling va bolalar şaxsiy hayoti daxlsizligi bilan boğliq masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Xöş, Konvensiyaning bugungi kundagi ahamiyati nimada? Özbekistonda bola huquqini himoya qiliş tizimi qanday huquqiy asosga tayanadi? Yangi davr qanday vazifani kun tartibiga qöymoqda? Şu savollar bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqi böyiça vakili (Ombudsman) Devoni Xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş sektori yetakçi maslahatçisi Diyora Abdullayeva bilan suhbatlaşdik.
– Bola huquqi töğrisidagi konvensiya bolalar huquqini himoya qilişga oid qanday tamoyillarni belgilab berdi?
– Bola huquqi töğrisidagi konvensiya bolalikka munosabatni tubdan özgartirib, har bir bola huquqi himoyasining xalqaro standartini belgilab bergan muhim hujjatdir. 1989-yil BMT Boş Assambleyasi tomonidan qabul qilingan mazkur qoida bolani mustaqil huquq va erkinlik sohibi sifatida eʼtirof etiş yölidagi tarixiy qadamdir. Taşabbusning asosiy ğoyasi şundan iboratki, har bir bola kelib çiqişi, jinsi, soğliği holati yoki ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, munosib hayot keçiriş, taʼlim oliş, rivojlaniş, zöravonlikdan himoyalaniş hamda inson şaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinişi huquqiga ega. Konvensiyaning alohida ahamiyati bola uçun eng ustun manfaatni taʼminlaş tamoyili mustahkamlanişida namoyon. Bu bola taqdiriga daxldor har qanday qarorni qabul qilişda, eng avvalo, ularning farovonligi, xavfsizligi va kelajagi ustuvor ahamiyat kasb etişi lozimligini anglatadi.
– Özbekiston mazkur Konvensiyaga qöşilişi mamlakatimizda bola huquqi himoyasi tizimi rivojida neçoğli ahamiyat kasb etdi? Keyingi yillarda bu borada qanday muhim huquqiy asoslar yaratildi?

– Özbekiston Respublikasi 1992-yil 9-dekabrda mazkur Konvensiyaga qöşilişi mamlakatimizda inson huquqini himoya qiliş milliy tizimini şakllantiriş yölidagi muhim qadamdir. Ötgan yillar davomida “Bola huquqi kafolati töğrisida”gi Qonun qabul qilinişi, taʼlim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya sohalaridagi qonunçilik takomillaştirilişi, nogiron hamda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan bolalarni qöllab-quvvatlaş çoralari kengaytirilişi yoş avlod huquqini taʼminlaşga qaratilgan umumiy yondaşuv şakllanayotganidan dalolat. Yangilangan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bolaning huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatini taʼminlaş hamda himoya qiliş, ularning tölaqonli jismoniy, aqliy va madaniy rivojlanişi uçun zarur şart-şaroit yaratiş böyiça davlat majburiyati mustahkamlangani alohida ahamiyatga ega. Bola huquqi himoyasining institutsional tizimi mustahkamlangani ham muhim yutuqlardan biridir. Xususan, 2024-yil “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Bola huquqi böyiça vakili (Bolalar ombudsmani) töğrisida”gi alohida Qonun qabul qilinib, bolalar huquqini himoya qilişga ixtisoslaşgan mazkur institut faoliyatining huquqiy asosi belgilandi. Şuningdek, 2025-yil kuçga kirgan “Bolani zöravonlikning har qanday şaklidan himoya qiliş töğrisida”gi Qonun qabul qilinişi bola xavfsizligini taʼminlaş va uning huquqini himoya qiliş mexanizmini takomillaştirişda muhim qadamdir.
– Bugungi davr bola huquqini himoya qilişda qanday yangi muammolarni yuzaga çiqarmoqda? Xususan, raqamli muhit bilan boğliq tahdid nimada namoyon?
– Bugungi davr voqeligi bola huquqi himoyasiga yangiça yondaşuv taqozo etmoqda. Raqamlaştiriş jarayoni, kiber bulling tarqalişi, boladan turli şaklda foydalaniş va ning şaxsiy hayoti daxlsizligiga tahdid davlat hamda jamiyat oldiga yangi vazifa qöymoqda. Bu holat bola huquqi himoyasi tizimini zamon talabiga muvofiq takomillaştiriş zarurligini körsatadi. Zero, bolaning huquqi va qonuniy manfaatini himoya qilişda yuzaga kelayotgan yangi tahdid ham eʼtibordan çetda qolmasligi lozim.
– Konvensiyada belgilangan tamoyillarni amalda töliq taʼminlaş uçun nimalarga eʼtibor qaratiş zarur? Bola huquqi himoyasi tizimining samaradorligi, sizningça, qanday namoyon böladi?
– Fikrimça, Konvensiyaning asl qadr-qimmati nafaqat hujjatda mustahkamlangan tamoyil, balki reja amalda neçoğli röyobga çiqarilayotganida namoyon. Bola huquqi himoyasi tizimi samaradorligi har bir bolaning, hayotiy şaroitidan qatʼi nazar, öz fikri eşitilişi, vaqtida zarur yordam olişi va salohiyatini töliq röyobga çiqarişi uçun qança imkoniyat yaratilgani bilan baholanişi lozim. Şu bois qonunçilikni yanada takomillaştiriş bilan birga, amalda samaradorlik ijro etilişini taʼminlaş, jamiyatning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş hamda bola huquqining har qanday buzilişiga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, bola huquqini himoya qiliş nafaqat davlatning xalqaro majburiyati, balki jamiyat maʼnaviy yetukligining ham muhim mezonidir. Davlatning kelajagi bugun har bir bolaning huquqi, şaʼni, qadr-qimmati va qonuniy manfaati qay darajada işonçli himoya qilinayotganiga bevosita boğliq.
Musulmon Ziyo suhbatlaşdi, ÖzA