Bokuda Oʻzbekiston madhiyasi yangradi
Ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasida xalqaro xotira turniri davom etmoqda
Ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasida xalqaro xotira turniri davom etmoqda.
Cadet International Tournament U-18 deb nomlangan musobaqada hamyurtimiz Xosiyat Hasanboyeva qizlar oʻrtasidagi bellashuvlarda terma jamoamizga ilk medalni taqdim etdi. 44 kilogrammgacha vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz bronza medaliga sazovor boʻldi.
Xosiyatning muvaffaqiyatidan ruhlangan yana bir vakilimiz Kamoliddin Baxtiyorov esa mazkur turnir gʻolibiga aylandi. 60 kilogrammgacha vaznda oʻz mahoratini namoyish etgan polvonimiz musobaqa davomida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.
Shu tariqa Bokuda Kamoliddinning gʻalabasi sharafiga Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi koʻtarilib, madhiyasi yangradi.