Ispaniyaning “Periodista Digital” internet nashri Armaniston, Ozarbayjon va AQSH Zangezur yo‘lagini yaratish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi yuzasidan allaqachon kelishib olgani haqida xabar tarqatdi. Hujjatda yo‘lak “Tramp ko‘prigi” nomi bilan tilga olingan.

– Biz “Tramp ko‘prigi transport yo‘lagini yaratish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi” nomli maxfiy hujjatni qo‘lga kiritdik, – deyilgan axborotda. – Manbalarimizga ko‘ra, bitim Armaniston, Ozarbayjon va AQSHda allaqachon ma’qullangan.

Nashr hujjat bilan Armaniston hukumatida aloqasi bor Fransiyadagi nomi oshkor etilmagan arman diasporasi vakillari yordamida tanishishga muvaffaq bo‘lgan.

Memorandum, go‘yoki, Armaniston janubidagi Syunik viloyatidan o‘tadigan 42 kilometr transport yo‘lagi loyihasini amalga oshirishni nazarda tutadi. Shuningdek, Armaniston ushbu mintaqa ustidan suverenitetini saqlab qolishi, biroq yo‘lakni tegishli litsenziyaga ega xususiy Amerika kompaniyasi boshqarishi ta’kidlangan.

Avvalroq AQSHning Turkiyadagi elchisi, Prezidentning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tomas Barrak Qo‘shma Shtatlar Boku va Yerevan o‘rtasidagi muzokarani olg‘a siljitish maqsadida Eron chegarasi yaqinidagi Zangezur transport yo‘lagini boshqarishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Oradan ko‘p o‘tmay, Bosh vazir Nikol Pashinyanning matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan Armaniston Ozarbayjonni Naxchivon muxtoriyati bilan bog‘laydigan hudud ustidan nazoratni uchinchi tomonga o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmayapti, deya bayonot berdi. Hukumat axborot departamenti ham  Ispaniyaning “Periodista Digital” nashrida keltirilgan xabarni inkor etgan.

– Maqola haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, – deyilgan Armaniston hukumati saytida e’lon qilingan bayonotda. – Yerevanning mintaqaviy transport infratuzilmasini yaratish masalasiga qarashi “Dunyo chorrahasi” loyihasida shakllantirilgan. Bosh vazir Nikol Pashinyan 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bu masalaga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Ma’lumki, Ozarbayjon asosiy hududini Naxchivon hududi bilan bog‘lash uchun Armanistonning Syunik viloyati orqali “Zangezur” transport yo‘lagi qurilishini talab qilmoqda. Yerevan esa yo‘lak g‘oyasiga rozi bo‘lmay, Ozarbayjonga Armaniston suvereniteti ostida yo‘l ochishga tayyorligini aytib kelmoqda.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boku va Yerevan Zangezur yo‘lagi rejasini ma’qulladimi?