Boku – Grozniy samolyoti halokatga uchradi
Bugun ertalab Ozarbayjon havo yo‘llariga qarashli yo‘lovchi havo kemasi Qozog‘iston hududida halokatga uchradi.
– Bokudan Grozniyga uchayotgan EMB-190 samolyoti fojiadan oldin Qozog‘istonning Oqtou shahri aeroporti ustida aylangan, – deb yozdi News.ru. – Bu payt ekipaj favqulodda qo‘nishni so‘ragan va ruxsat kutgan.
Manba xabar berishicha, samolyot osmonda aylanayotib, yonilg‘ini to‘kib yuborgan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar vakillari bo‘lgan.
– Bokudan ko‘tarilgan uchoq Grozniydagi tuman tufayli avval Maxachqal’aga, keyin Oqtouga yo‘naltirildi, – degan Checheniston poytaxti aeroporti matbuot xizmati “RIA Novosti”ga.
Halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar haqida hozircha rasmiy xabar yo‘q, ma’lumotlar yangilanmoqda.
M.Pirmatova, O‘zA