Bokschimiz sobiq jahon chempioni bilan bahslashadi
Bugun, 29 aprel kuni Rossiyaning Krasnogorsk shahrida professional boks kechasining markaziy jangi ikkinchi o‘rta vazn toifasida sobiq WBC Silver kamari sohibi bo‘lgan hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov va rossiyalik sobiq jahon chempioni Fyodor Chudinov ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Kecha bokschilar vazn o‘lchash, ko‘z urishtirish va matbuot anjumanida qatnashishdi. Vazn ulchashda hamyurtimiz 76,2 kg og‘irlikni, raqib 75,7 kg vanli ekanligini ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, professional boksdagi faoliyati mobaynida Azizbek Abdug‘ofurov 14 ta jang o‘tkazib, 13 tasida g‘alaba qozongan. Uning raqibi Fyodor Chudinov hisobida esa 25 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang mavjud.
Azizbek bundan bundan to‘rt yil muqaddam Chudinovning akasini mag‘lubiyatga uchratgan.
Mazkur boks oqshomida 9 ta juftlik bahslari bo‘lib o‘tadi. Hamyurtimiz ishtirokidagi jang dasturga binoan 10 raund davom etishi ko‘zda tutilgan.
T.Ro‘ziyev, O‘zA