Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy “Strandja” xalqaro turniri start oldi. 76 marotaba tashkil etilayotgan mazkur turnirda mamlakatimiz sharafini 17 nafar charm qo‘lqop ustalari himoya qilmoqda.

“Strandja” musobaqasining birinchi kunida 3 nafar vakilimiz ringga ko‘tariladi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, bugun, 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan bahslarda vazni -60 kg. Abdumalik Xalokov qozog‘istonlik Serik Temirjanov bilan raqobatlashsa, ushbu vazndagi ikkinchi vakilimiz Samandar Olimov irlandiyalik Adam Hessionga qarshi jang qiladi. -67 kg. vazn toifasida esa Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Torexan Sabirxanni sinovdan o‘tkazadi.

Ma’lumot o‘rnida: o‘tgan yilgi “Strandja” turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 28 davlat orasida 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 14 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rindan joy olgandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimizning “Strandja”dagi yurishi boshlandi