Bokschilarimizning «Parij-2024»dagi raqiblari aniq bo‘ldi
Fransiya mezbonligida o‘tayotgan «Parij-2024» Olimpiya o‘yinlarining boks bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston boks federatsiyasi Bosh kotibi Shohid Tillaboyev, erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz bosh murabbiylari To‘lqin Qilichev va Elshod Rasulov ishtirok etdi.

Quyida qur’a natijalari bilan tanishasiz:
Ayollar:
50 kg: Sabina Boboqulova - Chutamat Raksat (Tailand)
54 kg: Nigina O‘ktamova - Yomna Ayyad (Misr)
57 kg: Sitora Turdibekova - Marselat Sakobi (Kongo Demokratik Respublikasi)
66 kg: Navbahor Hamidova - Morelle MakKeyn (AQSH).
Erkaklar:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Xesus de Lopes (Puerto-Riko),
-57 kg: Abdumalik Xalokov - Nebil Ibrahim (Shvetsiya) va Vasim Abusal (Falastin) bahsi g‘olibiga qarshi,
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Martines Ramires (Meksika),
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Omar Elavadi (Misr),
-80 kg: To‘rabek Habibullayev - Ef Marsyal (Filippin),
-92 kg: Lazizbek Mullojonov - Aziz Abbes Mohiddin (Italiya),
+ 92 kg: Bahodir Jalolov - Omar Mohamed Shiha (Norvegiya).

Ma’lumot o‘rnida, XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalari 27 iyul kunidan 10 avgust kuniga qadar davom etadi. Mazkur bahslarda ayrim charm qo‘lqop ustalarimiz o‘zining ilk jangini ikkinchi va chorak final bosqichidan boshlaydi
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA