Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha davom etayotgan an’anaviy «Stranja» xalqaro turnirining nimchorak final bahslarida bokschilarimiz muvaffaqiyatli qatnashmoqda.

Nufuzli musobaqada 34 davlatdan tashrif buyurgan 244 charm qo‘lqop ustasi g‘oliblik uchun bahslashmoqda. Turnirda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan hamyurtlarimiz Abdulla Qo‘chqorov, Elnur Abdurahimov, Elshod Rasulov, Isroil Madrimov, Fazliddin G‘oibnazarov raqiblari ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida hamyurtimiz, o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiada o‘yinlari g‘olibi Bektemir Meliqo‘ziyev mezbon jamoa vakili Nikolay Chavdarovni ikkinchi raundda nokautga uchratib, muddatidan oldin g‘alabani ta’minladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimizning muvaffaqiyati