Astana shahrida boks bo‘yicha davom etayotgan "Yelorda kubogi" musobaqasida bugun 7 nafar bokschimiz jang qiladi.
Quyida bugun ringga ko‘tariladigan bokschilarimiz bilan tanishasiz:
-54 kg: Sanjar Vahobov - Kabdesh Timur (Qozog‘iston)
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Azat Maxmetov (Bahrayn)
-63,5 kg: Adhamjon Muhitdinov - Bazarbay Muhammedsabir uulu (Qozog‘iston)
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev - Sultan Mussinov (Qozog‘iston)
-51 kg: Asilbek Jalilov - Damir Abdikadir (Qozog‘iston)
-71 kg: Havasbek Asadullayev - Bayramurdi Nurmuhammedov (Turkmaniston)
+92 kg: Jahongir Zokirov - Nurbolat Sermaxanov (Qozog‘iston)
Eslatib o‘tamiz, kechagi bahslarda o‘z vazn toifalarida To‘rabek Xabibullayev va Jasurbek Yo‘ldoshev g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, Bekzod Hamidov imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA