Polshada boks bo‘yicha jahon kubogi bahslarining navbatdagi kunida terma jamoamizning 5 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi.

Jumladan, “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev -65 kg. vazn toifasida Ousainou Xansen (Germaniya) bilan jang qildi. Bahsning 1-raundida bokschimiz raqibini texnik nokautga uchratib,  g‘alaba qozondi.  

Vazni -55 kg. bo‘lgan Mirazizbek Mirzahalilov 5:0 hisobida Kory Jonesni (Uels) taslim qilgan bo‘lsa, -80 kg. vaznda Javohir Ummataliyev bolgariyalik Villiam Cholovni 5:0 hisobida yengdi. Shuningdek, Akmaljon Isroilov va  Fazliddin Erkinboyev o‘z vazn toifasida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimizga teng keladigani topilmayapti