Bokschilarimiz xalqaro turnirda 5 ta oltinni qo‘lga kiritdi
Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo‘yicha an’anaviy "Axmet Kyumart Bosfor" xotirasiga bag‘ishlangan turnir bo‘lib o‘tdi. 34- marotaba o‘tkazilgan mazkur musobaqada turli davlatlardan kelgan bokschilar qatori o‘zbek charm qo‘lqop ustalari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Jumladan, musobaqada terma jamoamiz a’zolarining 5 nafari finalga qadar yetib keldi va yakunda oltin medal bilan taqdirlandi. Ushbu natija esa, termamizning umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishini ta’minladi.
Quyida xalqaro turnirda shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bokschilarimiz bilan tanishasiz:
Oltin medal:
-65 kg. Ilhomjon Ergashev
-48 kg. Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg. Uzukjamol Yunusova
-60 kg. Sitora Turdibekova
+80 kg. Sobiraxon Shahobiddinova
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA