Bokschilarimiz qit’a chempionatida
Ertaga Tailandda boks bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati bahslari boshlanadi. Bugun, 29 noyabr kuni chempionat oldidan texnik qo‘mita yig‘ilishi va rasmiy qur’a tashlash marosimi tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari Rahmatjon Ro‘zioxunov, Akmal Hasanov va ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulov ishtirok etdi.

Texnik qo‘mita yig‘ilishida ta’kidlanganidek, Osiyo chempionatida 21 ta davlatdan 210 nafar bokschi ishtirok etish talabnomalarini taqdim etgan. Bokschilar erkaklar va ayollar bosqichida 13 vaznda qit’a g‘olibligi uchun ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, 12 dekabrga qadar davom etadigan Osiyo chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 13 nafar erkak va 11 nafar bokschi qizlari g‘oliblik uchun kechadigan janglarda qatnashadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA