Bokschilarimiz “Elorda kubogi”da jang qiladi
Qozog‘istonning Ostona shahrida an’anaviy “Elorda kubogi” xalqaro turniri boshlandi. Mazkur musobaqada boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoamiz ham ringga ko‘tariladi.
Bugun, 12 may kuni “Elorda kubogi”ning ilk kunida 2 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Jumladan, vazni -50 kg. bo‘lgan Sabina Boboqulova mezbonlar vakili Delphina Abilxan bilan kuch sinashsa, -52 kg. vazn toifasida Azizabonu Ma’mirova yana bir mezbon bokschi Beibit Kazakbay bilan raqobatlashadi.

Erkaklar o‘rtasida Muhammadqodir Ma’mirjonov, Xudoynazar Fayzov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Madiyar Daniyarov, Asadbek Rajabov, Atxamjon Muhiddinov, Shahboz Yunusaliyev, G‘ofur Tohirov, Havasbek Asadullayev, Sardor Shomurodov, A’loxon Abdullayev, Rahmatullo Boymatov, Nusratbek Tohirov kabi bokschilarimiz bahslarga kirishadi.
Ayollar orasida Saidaxon Rahmonova, Sabina Boboqulova, Azizabonu Ma’murova, Muxlisa Xushvaqtova, Shaxina Ne’matova, Xumorabonu Mamajonova, Ziyoda Yarasheva, Mavluda Movlonova, Sohiba Ruzmetova va Mohira Abdullayeva o‘z vazn toifalarida jang o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA