Bugun, 16 yanvar kuni Serbiyada boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida 13-millatlar kubogi musobaqasi boshlanmoqda.
Dunyoning 14 mamlakatidan mahoratli bokschi qizlar ishtirok etayotgan mazkur musobaqada Elshod Rasulov bosh murabbiyligidagi 14 nafar O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari ham g‘oliblik uchun kurashga hozirlanmoqda.
Bugun o‘tkaziladigan ilk kungi saralash janglarida terma jamoamiz a’zolaridan Feruza Kazakova, Aziza Yoqubova hamda Navbahor Hamidova ringga ko‘tariladi.
Feruza Kazakova qozog‘istonlik Moldir Toikova bilan, Aziza Yakubova serbiyalik Jasmina Naj bilan, Navbahor Hamidova qozog‘istonlik Bakit Seidish bilan keyingi bosqich masalasini hal etadi.
"Parij-2024" Olimpiadasiga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblangan xalqaro turnir 21 yanvarga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA