Bokschi nokautdan soʻng vafot etdi
Italiyalik bokschi Kristian Dagio tailandlik Don Paruyeng bilan boʻlib oʻtgan jangdan bir necha kun oʻtib, shifoxonada vafot etdi.
Italiyalik bokschi Kristian Dagio tailandlik Don Paruyeng bilan boʻlib oʻtgan jangdan bir necha kun oʻtib, shifoxonada vafot etdi. Bu haqida BoxingScene nashri xabar bermoqda.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, Dagio jahon boks kengashining (WBC) versiyasi boʻyicha 79,38 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida Osiyo chempioni unvoniga sazovor boʻlganidan keyin sodir boʻldi. Paruyeng 12 raundda Dagioni nokautga uchratgan va italiyalik bokschi oʻz xushini yoʻqotgan. Shundan soʻng, Kristian kasalxonaga yotqizilgan. Bokschi ogʻir miya jarohatida bir necha kun komada yotgan va jon bergan.

49 yoshli Dagio Tailanddagi karyerasi davomida bir qancha janglarni oʻtkazgan. U professional boksda 10 ta bahs oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongan. Shuningdek u, muay-tay qoidalari boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarda ham bir qancha sovrinli oʻrinlarga ega chiqqan.