Boks: Qit’a chempionatining yarim finalidagi raqiblarimiz ma’lum
Bugun, 9 noyabr kuni Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha qit’a chempionatining yarim final bahslari boshlanadi.
Xabar berganimizdek, mamlakatimiz terma jamoasining 13 nafar a’zosi yarim final janglarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmat xabariga ko‘ra, charm qo‘lqop ustalarimizning yarim finaldagi raqiblari ma’lum bo‘ldi:
51 kg: Hasanboy Do‘smatov — Kharkhuu Enkhmandakh (Mo‘g‘iliston)
54 kg: Shahzod Muzaffarov — Mahmud Sabirxan ( Qozog‘iston)
57 kg: Abdumalik Xalakov — Gantumur Lunda (Mo‘g‘uliston)
60 kg: Adhamjon Muhiddinov — Bayarhuu Buyandalai (Mo‘g‘iliston)
63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Chu En Lai (Xitoy Taypeyi)
67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Dulat Bekbaurov (Qozog‘iston)
75 kg: Saidjamshid Jafarov — Sumit (Hindiston)
80 kg: Odiljon Aslonov — Bekjigit uluu Omurbek (Qirg‘iziston)
92 kg: Madiyor Saidrahimov — Ahmat Sulayman Al-Teimat (Iordaniya)
+92 kg: Lazizbek Mullajonov — Nareendar (Hindiston)
Bugun kun davomida ayollar o‘rtasidagi yarim final janglari tashkil etilsa, ertaga erkaklar o‘rtasidagi barcha yarim final uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi yarim finalda o‘zbekistonlik uch nafar bokschi qizimiz medallar uchun kurashga kirishadi.
48 kilogramm vaznli bokschimiz Farzona Fozilova qozog‘istonlik, 66 kilodagi vakilamiz Navbahor Hamidova hindistonlik hamda 75 kiloda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sohiba Ro‘zmetova filippinlik bokschi qiz bilan final masalasini hal qiladi.
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA