BOKS: Murodjon Ahmadaliyevdan navbatdagi texnik nokaut
Yurtdoshimiz Professional ringdagi yettinchi jangini yettinchi gʻalaba bilan yakunladi
Yurtdoshimiz Professional ringdagi yettinchi jangini yettinchi gʻalaba bilan yakunladi
Bir necha soat avval, yurtdoshimiz Murodjon Ahmadaliyev kolumbiyalik Vilner Sotoga qarshi navbatdagi jangini oʻtkazdi. 55,3 kg vazn toifasidagi 10 raundlik jang muddatidan avval yakunlandi. Hamyurtimiz jangning 4-raundidayoq raqibini texnik magʻlubiyatga uchratdi.
Mazkur jang Murodjonning profi ringdagi 7- jangi boʻldi. Maʼlumki, ushbu janglarni barchasida Ahmadaliyev gʻalaba qozongan. Soto esa yurtdoshimizdan anchagina tajribali boʻlib, bugun u professional ringdagi 29-jangini oʻtkazdi. Faoliyatida bugungini qoʻshib hisoblaganda yetti bora magʻlubiyatga uchragan. 22 ta jangda gʻalabaga erisha olgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Murodjon Ahmadaliyev ikki yoʻnalish boʻyicha jahon chempioni amerikalik Daniel Romanga qarshi jang olib borishi lozim edi. Ammo, Romanning jarohati sabab, bu jang bekor boʻlgandi.