Boks: Bugun Hasanboy va Bahodir final janglarini o‘tkazadi
Bugun, 13 may kuni poytaxtimizda boks bo‘yicha davom etayotgan jahon chempionatining birinchi kungi final janglari bo‘lib o‘tadi.
Unda hamyurtlarimizdan 67 kilogramm vaznda Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev, 51 kilogrammda Hasanboy Do‘smatov va eng og‘ir vazndagi bokschimiz Bahodir Jalolov chempionlik jangini o‘tkazadi.
Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauovga qarshi, Hasanboy Do‘smatov Fransiya vakili Bilal Bennamaga, Bahodir Jalolov bo‘lsa kubalik Alexandro Arzola bilan oltin medal masalasini hal etadi.

Jahon chempionati final janglari oldidan Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) bokschilar uchun kutilmagan xushxabarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, chempiontda 5-o‘rinni egallagan bokschilarga ham pul mukofotlari topshiriladigan bo‘ldi.

Ushbu qaror kuni kecha Xalqaro boks assotsiatsiyasi rahbari Umar Kremlevning Toshkentga kelishi bilan rasman tasdiqlandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA