Shu kunlarda poytaxtimizda joylashgan Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashgan sport maktabida boks bo‘yicha kichik o‘smirlar (U-15) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
400 nafarga yaqin yosh bokschilar ishtirokida o‘tayotgan chempionatning chorak final janglari ortda qoldi.

To‘rt kunlik janglar sarhisobiga ko‘ra, 15 ta vazn toifasida yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.
Bugun, 28 iyun kun davomida barcha vazn toifalarida O‘zbekiston chempionatining yarim final janglari tashkil etiladi.
Chempionatning final musobaqalari ertaga, 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA