Bojxonachilar ogohligi ish berdi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona postida yana bir qoidabuzarlikning oldi olindi.
Bojxona postiga “BAA-O‘zbekiston” yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk avtotransport vositasi kirib kelganda tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgandan ortiqcha hamda tegishli hujjatlarda qayd etilmagan umumiy qiymati qariyb 110 million so‘mlik avtomobil ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov,
O‘zA