Bojxona xodimlarining diniy ekstremizm va terrorizmga qarşi huşyorligi oşirildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi rahbariyati, Din işlari böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Terrorizmga qarşi kuraşiş bölimi va Elektromagnit moslaşuv xizmati masʼul xodimlari bilan hamkorlikda bojxona xodimlari uçun öquv maşğuloti taşkil etildi.
Unda mutaxassislar tomonidan terrorizm va ekstremizmning kelib çiqiş sabablari va salbiy oqibatlari, fuqarolarni turli yot ğoyalar taʼsiriga tuşiriş, noqonuniy guruhlar safiga tortiş usullari hamda bunday xavf-xatarlarning oldini oliş masalalari böyiça tuşuntirişlar berildi.

Şuningdek, mamlakat hududiga olib kirilayotgan aloqa vositalari va radioelektron qurilmalarning qonuniyligi, ulardan foydalaniş uçun zarur ruxsatnomalar va ayrim qurilmalarning aloqa tarmoqlari faoliyatiga salbiy taʼsiri haqida tuşuntirildi. Şu bilan birga, bunday vositalardan noqonuniy foydalaniş orqali yaşirin maʼlumotlar va moliyaviy mablağlarning noqonuniy ötkazilişi, terroristik taşkilotlar faoliyatini moliyalaştiriş bilan boğliq xavf-xatarlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Öquv yakunida çegara bojxona postlarida olib kirilayotgan va olib çiqilayotgan aloqa vositalari, radioelektron qurilmalar ustidan bojxona nazoratini kuçaytiriş, ularning qonuniyligini puxta tekşiriş, çegara orqali harakatlanayotgan fuqarolarga huşyorlik va eʼtiborni oşiriş böyiça xodimlarga tegişli topşiriq berildi.

Bunday öquv maşğulotlari bojxona xodimlarining bilim va kasbiy könikmalarini oşiriş, ehtimoliy xavf-xatarlarning oldini oliş, davlat xavfsizligini taʼminlaş borasida idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri