Joriy yilning 6 oyida Toshkent viloyati bojxona boshqarma tomonidan tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan, joylarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport va import uchun sharoit yaratish borasidagi sa’y-harakatlar o‘z natijasini bermoqda.

Jumladan, boshqarma tomonidan jami 8,2 trillion so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblanib, shundan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 4,4 trillion so‘m imtiyozlar berildi. Qolgan mablag‘lar davlat byudjetiga o‘tkazildi.

Bunda imtiyoz qo‘llanilgan asosiy tovarlar tarkibini transport vositalari va uning ehtiyot qismlari, texnologik asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda metall xomashyolar tashkil etadi. O‘tgan davrda 1,1 million dollardan ortiq bo‘lgan tovarlar xorijiy mamlakatlar bozorlariga, asosiy hamkor davlatlar Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya va Tojikiston, Afg‘oniston, Belgiya, Polshaga eksport qilingan.

Jumladan, “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postida bu yil jami 59 ming 92 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi. Ularni Xavfni boshqarish axborot tizimi bo‘yicha yo‘laklar kesimida tahlil qilinsa, deklaratsiyalarning 20,7 foizi “yashil yo‘lak”, 66,1 foizi “sariq yo‘lak”, 13,2 foizi “qizil yo‘lak” tartibida rasmiylashtirildi.

– Amalga oshirilgan islohotlar natijasida barcha bo‘linma, guruh va bojxona postlarida fuqarolarga zamon talablari darajasida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi, – deydi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Kaxramon Umarov. – Ayniqsa, boshqarma tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvand vositalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash yo‘nalishida 27 ta holatda 133 kilogrammdan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bundan tashqari, tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida 2 ming 123 ta holatda 73 milliard 806 million so‘mga teng tovarlar ushlab qolindi. 

Bugungi kunda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘liq ta’minlash, mahsulotlarni qayta ishlash yo‘nalishini kuchaytirish orqali eksportni ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda. 

A.Musayev,O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona xizmatlari samarali tashkil etilmoqda