Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va Bojxona auditi sho‘basi xodimlari tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari nazorat tartibida qayta o‘rganilib, hududda faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga Qozog‘iston Respublikasidan olib kelingan “yuk tashuvchi samosval” tovarining hujjatlari tekshirildi.

Mazkur yuk avtotransport vositasini tasniflovchi TIF TN bo‘yicha tovar kodi shubha uyg‘otib, boshqarmaning TIF ni notarif tartibga solish tuzilmasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazildi. Gumon qilinganidek, ko‘rib chiqilayotgan transport vositasi katta hajmli yuklarni tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasi bo‘lib, uning TIF TN bo‘yicha tasnif kodlari hujjatlarda ko‘rsatilganidan farq qilishi tasdiqlandi. Natijada mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyatga nisbatan 1 milliard 493 million so‘m miqdoridan qo‘shimcha bojxona to‘lovi hisoblanib, davlat byudjetiga undirib olinishi ta’minlandi.

Qoraqalpog‘istonlik bojxonachilar tomonidan tovar kodlari bilan bog‘liq aniqlangan navbatdagi holatda esa olib kirilgan 2 dona Pikap rusumli avtotransport vositasi hujjatlarda boshqa tovar kodi orqali tasniflangani fosh etildi. Natijada mazkur avtotransport vositalariga nisbatan 489 million so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovi olinadigan bo‘ldi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona to‘lovlaridan qochishga urinishlar aniqlandi