Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan sud qarorlari hamda boshqa davlat organlari qarorlarini ijro etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi Chust tumani bo‘limi tarafidan olib borilgan ijro harakatlaridan so‘ng fuqarodan 118,2 million so‘m qarzdorlik davlat idorasi foydasiga undirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudning 2025 yil 4 fevraldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, qarzdor shaxs U.G‘.dan  respublika Davlat bojxona qo‘mitasi foydasiga 118,2 million so‘m undirish belgilangan.

Mazkur hujjat MIB Chust tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va harakatlar olib borilgan. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Ammo, shu vaqt ichida qarzdorlik qoplamaganlik sababli, ijro harakatlar olib borildi. Mas’uliyatni o‘z vaqtida anglamay burchini bajarmagan qarzdor bilan o‘tkazilgan qayta tushuntirish va ogohlantirish ishlari samara berdi. U qarzdorlikni to‘liq to‘lab berdi. Shu bilan bir qatorda, qo‘llanilgan 8,5 million so‘m davlat boji ham undirildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona to‘lovi undirildi