Fuqarolarga o‘z muammolarini hal etish borasida yuksak huquq bergan ushbu konstitutsiyaviy qoida 2014-yil 4-dekabrda kuchga kirgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun asosida hayotda kengroq o‘z ifodasini topayotir. Chunki shu asosda murojaatlarni idora va tashkilotlarga elektron usulda yuborish imkoniyati yaratildi.

Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda
vakolatli davlat organlariga, muassasalariga
yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan
murojaat qilish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 35-moddasidan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimlarining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori bilan murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish vazirlik va idoralarning asosiy vazifasi etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan murojaatlar bilan bog‘liq qonun hujjatlari ijrosi izchil ta’minlanmoqda. Aholi va tadbirkorlardan tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish maqsadida qo‘mitaning customs.uz saytidagi “Savol yo‘llash” xizmati negizida “Virtual qabulxona” tashkil qilindi. Bundan tashqari, qo‘mita va hududiy bojxona boshqarmalari rahbarlarining shaxsiy qabuli tashkil etilmoqda.

Qo‘mita axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, 2016-yilning o‘n oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan qo‘mitaga mingga yaqin murojaat kelgan. Shuning deyarli yarmi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tushgan. Yuzdan ziyod jismoniy va yuridik shaxslarning vakili qo‘mita rahbarlari tomonidan qabul qilingan.

Murojaatlar tahliliga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning ko‘pchiligini bojxona nazoratini o‘tkazish va rasmiylashtiruv, bojxona to‘lovlaridan ozod qilish va imtiyozlar, musodara etilgan tovar-moddiy boylik yoki jarimalarni qaytarish, ishdan noqonuniy bo‘shatilganligi, o‘qishga tiklash, bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari bilan bog‘liq masalalar tashkil etgan. Murojaatlar qonun doirasida ko‘rib chiqilib, hal etilgan. Masalan, “Sonora” kompaniyasi rahbari N.Yonass unga tegishli tovarlarni rasmiylashtirish chog‘ida ortiqcha 512 ming so‘mdan ziyod bojxona to‘lovi undirilganini bildirgan. Murojaat ko‘rib chiqilganda arizachi haq bo‘lib chiqqan va qisqa fursatda mablag‘i qaytarib berilgan.

“Asaka kotton impeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy davlatdagi hamkori bilan eksport shartnomasini imzolagan. Bu “Angren” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida hisobga qo‘yilgan. Shu orada xorijiy sheriklarning bank rekvizitlari o‘zgargani bois tomonlar shartnomaga qo‘shimcha kelishuvni imzolashgan. Ammo bu jarayonda tadbirkorning mahsuloti xorijga chiqmay turib qolgan. Bu haqda jamiyat rahbari R.Fettayev qo‘mitaga murojaat yo‘llab, yordam so‘ragan. Mazkur murojaat zudlik bilan o‘rganib chiqilib, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimidagi ma’lumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilgan. Natijada tadbirkor murojaat qilgan kunning o‘zidayoq yuklarini xorijga eksport qilishga muvaffaq bo‘lgan.

“Navoiy pryaja” ishlab chiqaruvchi savdo firmasi direktori V.Jukova jun va sun’iy tolani qayta ishlash uchun 350 ming AQSh dollari qiymatidagi yangi zamonaviy asbob-uskunalarni olib kirmoqchi ekanligini, mazkur tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda amaliy yordam so‘ragan. Uning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, “Navoiy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tomonidan mazkur tashkilotga tegishli yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi qisqa fursatda amalga oshirilgan.

Qisqacha aytganda, har bir murojaatning zamirida tadbirkorlar faoliyatiga xalal berayotgan turli sabablar mujassam. Ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilayotgani aholining davlat idoralariga nisbatan ishonchini mustahkamlashda va tadbirkorlikni yanada keng rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona tizimi: har bir murojaat e’tiborda