Toshkent shahar bojxona boshqarmasida Davlat bojxona qo‘mitasi Surishtiruv va ma’muriy amaliyot boshqarmasi tomonidan "Bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi: bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislarning qonunchilikka rioya etishi bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanishi garovi" mavzusida profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Davlat bojxona qo‘mitasi Surishtiruv va ma’muriy amaliyot boshqarmasi boshlig‘i A.Axlimirzayev, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari N.Usmonov, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Jalilov hamda sohaviy bo‘lim va bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishdi. 

Barchaga ma’lumki, bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biri bu – davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish hamda bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va ularga chek qo‘yish hisoblanadi. 

Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarishning kompleks tizimini tashkil etish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga bir qator qulay shart-sharoitlar yaratib berilganligi ta’kidlandi. 

“Biroq, ayrim “tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari” bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochish maqsadida, bojxona hujjatlaridan aldov yo‘li bilan foydalanib, soxtalashtirilgan hujjatlar asosida respublikamizga tovarlarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga urinish hollari kuzatilmoqda”, – deya ta’kidladi Surishtiruv va ma’muriy amaliyot boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i A.Axlimirzayev. 

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2833-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida, bojxona organlari tomonidan keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilgan bo‘lsada, ushbu yo‘nalishda hamon qonunbuzarliklar sodir etilmoqda. 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi davomida jami 8 947 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan bo‘lib, shundan, 5 267 tasi yoki 58,9 foizi bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida sodir etilgan bo‘lib, 2759 tasi yoki 52,4 foizi deklarantlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar hissasiga to‘g‘i keladi.  

Birgina Toshkent shahar bojxona boshqarmasi misolida tahlil qilganda, 2759 tadan 1168 ta holatda yoki 42,4 foizi deklarantlarga nisbatan yuritilgan. Bulardan 357 ta holatda bojxona to‘lovlariga ta’sir qilgan holati hamda 811 ta holatda BYUDdagi xatolikdir. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, hozirda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun bojxona ishi bo‘yicha quiydagi yo‘nalishlarda pullik o‘quv kursi joriy qilingan. 

Mazkur o‘quv kurslarida  
•  Bojxona yuk deklaratsiyalarini to‘ldirish tartibi 
•  tovarlarning TIF TN kodlari aniqlash 
•  bojxona to‘lovlarini hisoblash va bojxona qiymatini aniqlash 
•  normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish hamda ularni amaliyotga tatbiq eta bilish  
•  bojxona to‘lovlarini hisoblash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha malakali ustozlar tomonidan dars mashg‘ulotlari amalga oshiriladi. 

Shuningdek, joriy yilning 4 oktyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi 720-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida qayd etiladigan 4 ta moddadagi ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati sudlardan bojxona organlariga o‘tkazildi. 
Ahamiyatlisi shundaki, ushbu qonun bilan bojxona organlarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bosh inspektorlari, katta inspektorlari va inspektorlariga jarima tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llash huquqi berildi.

Ushbu 4 ta moddadagi ma’muriy huquqbuzarliklar bayonnoma tuzmasdan, soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Ushbu belgilangan tartiblar 2022 yilning 5 yanvar sanasidan amaliyotga joriy etilishi nazarda tutilgan.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi  
Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi