Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida kichik inspektor-kinologlarga biriktirilgan yigirmaga yaqin xizmat itlari giyohvand moddalar, qurol-yarog‘, o‘q-dori va portlovchi moddalar, shuningdek, valyuta qimmatliklari hamda tamaki mahsulotlari, sintetik giyohvand moddalarni qidirish yo‘nalishlarida o‘z xizmat vazifalarini o‘tamoqda.

Yurtimiz sarhadlari orqali tovar moddiy boyliklarning harakati shiddat bilan amalga oshirilayotgan bugungi kunda ularning tez va samarali bojxona nazoratidan o‘tkazilishi bilan bir noqonuniy tovarlarning harakatiga o‘z vaqtida chek qo‘yish ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu kabi muhim vazifalarning bexato va tezkorlik bilan bajarilishida bugungi kunda bojxona tizimida xizmat itlari kuchlaridan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.

 2024 yil davomida birgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tasarrufidagi xizmat itlari yordamida qariyb 18,5 kg marixuanna, geroin, mefedron va opiy kabi giyohvandlik vositalari, 770 tup ko‘knori, 150 dona psixotrop tabletka, 9 dona pnevmatik qurol, 13 kilogrammdan ortiq og‘irlikda ov qurollari drob va kapsullari, 7 ming donaga yaqin pirotexnika vositasi va boshqa tovarlarning davlatimiz sarhadlari orqali kirib kelishi va ichki hududda aylanmada bo‘lishiga chek qo‘yildi.

 Xizmat itlarining mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashga qo‘shayotgan ulushi Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan vaqtida rag‘batlantirilib kelinmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tasarrufidagi bojxona postlarida o‘z faoliyatini olib borayotgan tajribali kichik inspektor-kinologlarga biriktirilgan 3 ta xizmat iti markazning “Xizmat iti nishoni” bilan taqdirlandi. Ular orasida “Dovud-ota” chegara bojxona posti kichik inspektor-kinologi Jolmirza Qarlibayevga biriktirilgan “Jessi” laqabli xizmat iti ham bor. Rus spaniyeli “Jessi” xizmatda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bexato ado etib, 2024 yilning o‘zida 5 ta holatda mamlakatimizga giyohvandlik vositalarining kirib kelishiga chek qo‘yilishida bojxonachilarga katta yordam bergan.

 “Nukus-aeroport” chegara bojxona posti kichik inspektor-kinolog Paraxat Sharipov qariyb 11 yildan buyon xizmat itlari bilan mamlakatimiz sarhadlarida kontrabanda va kontrafakt mahsulotlari hamda noqonuniy tovar-moddiy boyliklarning mamlakatimiz hududiga kirib kelishining oldini olishda sidqidildan xizmat qilib kelmoqda. Kinologga biriktirilgan “Zabar” laqabli xizmat iti mazkur nishon bilan taqdirlangan navbatdagi qahramondir. Mazkur post orqali Qozog‘iston, Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya davlatlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolar bagajlarining belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilishi xizmat itlari qobiliyatlaridan samarali foydalanilmoqda.  

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona nazoratida xizmat itlarining o‘rni