“Bojxona malikalari” aniqlandi
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
Davlat bojxona xizmati organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Bojxona malikalari” respublika qo‘rik tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etgan go‘zal bojxonachilar bilimi, pazandachilik sirlari, shuningdek, chaqqonligini namoyon qilib, 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Yakunda esa “Xo‘jayli” chegara bojxona posti inspektori Aysuluv Turdimuratova Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Bojxona malikasi” deb topildi. Ikkinchi o‘rinni “Xo‘jayli” chegara bojxona posti inspektori Maxsura Ibraimova, uchinchi o‘rinni “Dovud-ota” chegara bojxona posti inspektori Gulxon Ismetullayeva egalladi.
Aysuluv Turdimuratova endi tanlovning hududiy bosqichida xorazmlik hamkasblari bilan bellashadi.
[gallery-5859]
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA