Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Umidjon Qodirov tomonidan viloyat hududidagi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari – eksportyor korxonalar mutasaddilari bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.

Dastlabki manzil Namangan shahrida faoliyat olib borayotgan “Osiyo home tex” mas’uliyati cheklangan jamiyatda bo‘ldi. Mazkur korxona ip-kalava mahsulotlaridan yotoqxona choyshablari ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shug‘ullanadi.

Muloqotda jamiyat rahbari tarafidan Turkmaniston Respublikasidan olib kelingan paxtali matolarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga rasmiylashtirish yuzasidan murojaat qilindi. Bu bo‘yicha batafsil tushunchalar berilib, shu joyning o‘zida qayta ishlashga ruxsatnoma rasmiylashtirildi.

Ushbu imkoniyat natijasida, bitta avtotransport vositasida olib kelingan matolarni erkin muomalaga chiqarishda to‘lanadigan 218 million so‘mdan ziyod mablag‘ tejalishiga erishiladi.

“General lift system” mas’uliyati cheklangan jamiyatda o‘tkazilgan uchrashuvda “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimining imkoniyatlari korxona rahbarida katta qiziqish uyg‘otdi.

“Jahan metal servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatda tashkillangan muloqot ham qizg‘in ruhda kechdi. Ushbu mulkchilik sub’ektiga qarashli korxona metall profillardan temir yo‘l qurilishi uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Joriy yilning birinchi choragi davomida vazni 220,9 tonnaga teng bo‘lgan, qiymati 262,1 ming dollar miqdoridagi metall profillar olib kelingan. Tovarlarni qayta ishlash natijasida vazni 177,8 tonnalik, 373,7 ming dollar qiymatga ega tayyor tovarlar eksport qilingan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi – amalda