Bog‘istonliklar uchun bayram sovg‘asi
FOTOREPORTAJ
“Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yil ikkinchi bosqichida Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi Bog‘iston oilaviy shifokorlik punktini rekonstruksiya qilish bo‘yicha jamoa va mahalla ahli faolligi bilan yetarlicha ovoz yig‘ilib, g‘olib bo‘lgan edi. G‘olib loyihani amalga oshirish maqsadida 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratildi.
[gallery-14980]
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi arafasida mazkur shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda tuman hokimi, tibbiyot xodimlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
- Shifo maskanimiz 4400 nafardan ziyod qishloq ahliga tibbiy xizmat ko‘rsatadi, - deydi hamshira Anora Xudoynazarova. - Bu yerda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan barcha imkoniyatlar yetarli. Ayollar, bolalar va keksalar uchun alohida xonalar, shuningdek, laboratoriya, kunduzgi statsionar ham mavjud.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA