Bugun Samarqand shahridagi Bog‘ibaland mahallasida “Anjir sayli” o‘tkazildi. Bog‘ibaland Samarqand shahrining chekka hududida, Cho‘ponota tepaliklari etagida joylashgan hudud. Bu yerda sohibqiron Amir Temur tomonidan bog‘lar barpo etilgan va shundan Bog‘ibaland nomini olgan.

Xususan, Bog‘ibaland anjirzorlari azaldan tilga tushgan va bunday meva boshqa joylarda yetishtirilmagan. Hozir ham mahallada 40 gektar anjir bog‘lari saqlanib qolgan bo‘lib, ularning tarixi bir necha yuz yillarga borib taqaladi.  

– Anjir jannat mevasi hisoblanadi va shuning uchun ham Qur’oni karimda bu ne’mat haqida yozilgan, – deydi Samarqand anjirzorlari haqidagi kitob muallifi, mehnat faxriysi Tal’at Abdullayev. – Ekologik jihatdan ham toza mahsulot. Chunki anjir yetishtirishda kimyoviy moddalar va dorilardan foydalanilmaydi. Bu meva yurak-qon tomir tizimi, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda foydalidir. Bargi qaynatilib choy o‘rnida ichilsa qand kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga nafi tegadi. Sutda qaynatilgan anjir turshagi yo‘talni bartaraf etadi. Uning foydali xususiyatlari haqida Abu Ali ibn Sino ham yozib qoldirgan.  

Anjirning shifobaxshligi tufayli bo‘lsa kerak bu hududda kamqonlik, bo‘qoq kasalliklari deyarli uchramaydi. Ana jihatlar hisobga olinib hamda hududda turizmni rivojlantirish maqsadida Bog‘ibaland turizm mahallasiga aylantirildi. Ushbu loyiha doirasida mahallada uchta oilaviy uy mehmonxona, bitta hunarmandchilik ustaxonasi, bitta suvenir do‘koni, uchta milliy ovqatlanish nuqtasi, uchta novvoyxona, 12 ta dam olish maskani va 2 ta tomorqa xo‘jaligi tashkil etilgan. Umumiy hisobda 110 ta yangi ish o‘rini yaratildi.  

Mahallada velosiped, elektromobil, velomobil, otda sayr qilish uchun sharoit mavjud. Mehmonlarning qulay harakatlanish uchun yo‘l ko‘rsatkichlari, stella va bog‘ xaritasi o‘rnatildi. Hududda tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etildi. Barcha uchun qulay joyida turizm axborot markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, anjir daraxtlarini ekish, yetishtirish, hosilni yig‘ish jarayoni bilan sayyohlarni tanishtirish va ushbu jarayonlarda ularning ishtirok etishlari va degustatsiyani tashkil etishga sharoit yaratildi.  

Tadbir doirasida Bog‘ibaland mahallasiga “Turizm mahallasi” maqomi berildi. Bu haqidagi sertifikatni ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev mahalla raisiga topshirdi.  

– Samarqanddagi ilk turizm qishlog‘i – Konigil 2020 yilda ochilgan bo‘lsa, mana, oradan uch yil o‘tib, mamlakatimizda ilk turistik mahalla ham aynan Samarqandda tashkil etilmoqda,  – dedi viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov. – Sababi, bunday etnografik, viloyatning o‘ziga xosligini ko‘rsatib beruvchi hududlarga nafaqat xorijiy, balki mahalliy sayyohlarda ham qiziqish kundan-kunga ortib borayotganini viloyatga tashrif buyurayotgan mehmonlar oqimidan ham bilish mumkin. Ularning soni kelgusida yanada oshishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.  

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘ibaland – yurtimizdagi birinchi turizm mahallasi