Bogʻ parvarishi niholdan boshlanadi
Dunyo xalqlari hamjihatlikda nishonlaydigan xalqaro sanalar koʻp.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
Bu vatanimiz kelajagiga daxldor masala sifatida yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan katta eʼtibor va uning samarasida oʻz ifodasini topayotir. Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlarda mazkur vazirlik tizimi tashkil etilgani bu boradagi eʼtiborga molik qadamlardan boʻldi.
Namangan viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Hilola Yusupova bilan suhbatimiz oʻtgan qisqa davr mobaynida yangi tizimda erishilgan natijalar haqida boʻldi.
–Nihollarni ekib quyib, uni parvarish qilmasangiz, bogʻ emas, toʻqayzor yaratasiz. Uyning poydevorini egri qoʻysangiz, qurayotgan uyingiz devori ham tomgacha egri boʻlib chiqadi. Uni buzib tashlab, boshqatdan qurishdan oʻzga chora yoʻq. Xuddi shu kabi jamiyat “qaddi-bastiyu, sogʻlomligi”, barkamol shaxs tarbiyasi ham goʻdaklikdan beriladigan taʼlim va tarbiyaga bogʻliq.

Bugun mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, bolalarni uch yoshdan eʼtiboran taʼlim-tarbiya tizimiga yuz foiz qamrab olish yoʻlidagi saʼy-harakatlar zamirida ana shu oddiy haqiqat mujassam. Mustaqil tizim sifatida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tizimi yosh avlod tarbiyasi natijadorligini oshirishda muhim rol oʻynaydi. Zero, bu – sohaga alohida eʼtibor, deganidir.
Bugun viloyatdagi davlat (563 ta), nodavlat, davlat-xususiy sherikchilik hamda oilaviy (681 ta) maqomdagi jami 1 ming 244 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida 129 ming nafardan ziyod oʻgʻil-qizga taʼlim-tarbiya berilmoqda. Bu maktabgacha taʼlimga qamrab olinishi kerak boʻlgan koʻrsatkichning 56,7 foizini tashkil etadi.
Hozirda asosiy eʼtiborimiz Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan bolalarni majburiy maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish boʻyicha oldimizga qoʻyilgan vazifalarga qaratilgan.
Viloyatdagi 775 ta mahallada 6 yoshli maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarning roʻyxati shakllantirildi. Bunda 2020-yil boshiga viloyatdagi 50 ming nafar 6 yoshli bolalardan 39 ming 601 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan boʻlsa, 10 ming 402 nafar bola maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinmagani qayd etildi. Ayni paytda ularni tengdoshlari safiga qoʻshish rejalari ustida, yaʼni qisqa muddatli, toʻliq kunli, majburiy qisqa muddatli, majburiy qisqa muddatli, majburiy bir yillik kabi va bundan tashqari oʻrta taʼlim maktablari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari qoshida yana 200 dan koʻproq guruh tashkil qilish rejalari ustida ish olib borilmoqda.
2019-2020 oʻquv yili yakuni boʻyicha “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturi va “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablarini bajarilishi boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yakuniy hisobotlari tahlil qilinmoqda. “Onlayn bolalar bogʻchasi” loyihasi doirasida “Bolajon” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Aqlvoy” va “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim mashgʻulotlarini maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalari bilan birgalikda koʻrib borishlari monitoringi yuritilmoqda. Ayni paytda 228 ming nafardan ziyod tarbiyalanuvchi bilan onlayn mashgʻulotlar orqali shugʻullanilmoqda.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mudirlari, metodist tarbiyachi, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi va psixologlari bilan birga tashkil etilgan “NVMTB onlayn seminarlar” guruhida pedagoglar va ota-onalarga metodik tavsiyalar, videoroliklar va testlar berib kelinmoqda, maktabgacha taʼlim sohasiga oid normativ huquqiy hujjatlar boʻyicha onlayn oʻquv seminarlari tashkil qilinmoqda.
Muxtasar aytganda, koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq karantin shart-sharoitlari yangi tizim faoliyatini izdan chiqarib yubormaslik, bolajonlar taʼlim tarbiyasida uzilish, boʻshliqlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida barcha imkoniyatlar safarbar qilinmoqda.

A.SATTOROV yozib oldi, OʻzA