“Boeing” delegatsiyasi bilan uchrashuv
“Uzbekistan Airways” AJ vakillari “Boeing” korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Boeing” katta vitse-prezidenti Brendan Djon Nelson, korporatsiyaning Yevroosiyo mintaqasi bo‘yicha direktori Mario Antonio Ebsim hamda Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Aysem Sargin O‘zbekiston aviakompaniyasi vakillari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildi.


Ta’kidlanganidek, “Uzbekistan Airways” va “Boeing” korporatsiyasini havo kemalarini yetkazib berish va foydalanish sohasidagi ko‘p yillik sheriklik aloqalari bog‘lab turadi. Uchrashuv konstruktiv va ishchanlik ruhida o‘tdi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA