Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, ertagi bodring janubiy mintaqalarda ochiq maydonlarda 1–10 aprelda, markaziy mintaqada joylashgan va vodiy 27 viloyatlarida 10–20 aprelda, shimoliy mintaqalarda 20–30 aprelda, o‘rtagi muddatda janubiy viloyatlarda 20 aprel–5 may, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 1–10 may, shimolda 1–15 mayda, kechki bodring janubda 10–20 iyulda, markaziy mintaqalarda 15–30 iyun, shimoliy mintaqalarda esa 15–25 mayda ekiladi. Mevalari 5 sm dan katta bo‘lgandan boshlab, xosili yig‘ib olinadi. Hosil har 2-3 kunda bir marta teriladi. Yig‘imterim jarayonida o‘simlik palaklariga zarar yetkazmaslik lozim. Vaqtida terib olinmagan hosil sarg‘ayib ketadi. O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (29,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, yuqori ulush Namangan (15,1 foiz), Qashqadaryo (12,4 foiz), Buxoro (12,2 foiz) va Samarqand (8,9 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda bodring hosili yig‘ishtirib olinib, iste’molchilarga yetkazib berildi. Ochiq dalalarda yetishtirilgan bodring narxi mavsumda 1 kg uchun o‘rtacha 1,5- 2,0 ming so‘mni tashkil qildi.  Tahlillarga ko‘ra, oldingi yillarda ham noyabr oyi o‘rtalariga kelib, bodring narxi o‘sishi kuzatilgan.  

Shuningdek, mamlakatimizda uzum navlarining milliy brendini yaratib, xorijda targ‘ib etish, salohiyatli bozorlar bilan fitosanitar kelishuvlarga erishish bo‘yicha ham zaruriy chora-tadbirlar belgilab berilgan.  

Qayd etilishicha, ko‘p yillik monitoring kuzatishlarga ko‘ra,  noyabr-dekabr oylarida uzum mahsulotlarining saqlash uchun joylashtirilishi narxlarning oshishiga olib keldi.  Xususan, o‘tgan 2022 yilning noyabr oyi narxi oktyabrga nisbatan 111,5 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda mos ravishda bu ko‘rsatkich 119 foizga o‘sgan.  Jumladan, mahsulot navi bo‘yicha “Husayni” uzum  15-25 ming so‘m, toyfi 15-20 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ichki va tashqi bozorda xaridorgir bo‘lgan “Rizamat ota”, “Mersedes” kabi navlariga talab oshgan (1 kg 90 ming so‘m atrofida).  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidash lozimki, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 oktyabrdagi tegishli qarori qabul qilinib, issiqxonalarga kafolatlangan tabiiy gaz yetkazib berish belgilangandan so‘ng, ekin ekish ishlari boshlandi. Issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar noyabr oyining 3 dekadasi va dekabr oyi boshidan terimi boshlanishi bilan ichki bozorda narxlar barqarorlashishi prognoz qilinmoqda.  

Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari oshishi bilan bog‘liq vaziyat tabiiy holat bo‘lib, bu qish mavsumi uchun issiqxonalarda bir muddat tayyorgarlik ishlari natijasida yuzaga kelgan.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bodring va uzum narxining oshishi bo‘yicha ma’lumot berildi