Ulug‘ bobokalonimiz, shoh va shoir, olim, jahongir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiyatiga xos vatanparvarlik, oliy himmatlilik, mardlik va jasurlik, qat’iyat va azmu shijoat, boshqaruvda benazirlik, odamlarga yaxshilik sog‘inish, adolatpeshalik bugun ham yosh avlod uchun ibratdir.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan adabiy anjumanda shular haqida batafsil so‘z yuritildi.

Unda talabalar, harbiy sohada faoliyat yuritayotgan, tahsil olayotgan yoshlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘qituvchilar, ijodkor ziyolilar ishtirok etdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining professori, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborov, Toshkent amaliy fanlar universiteti katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, ma’naviyat targ‘ibotchisi Ziyoda G‘afforova, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, moderator Gulchehra Shahobiddin va boshqalar Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyatining o‘ziga xos jihatlari xususida batafsil so‘zladi.

Adabiy anjumanda olimlarning Boburning suronli hayot yo‘li, hind tuprog‘ida amalga oshirgan buyuk ishlari, qolaversa, harbiy yurishlari, sarkardalik mahorati, benazir ijodining go‘zal badiiyati, asarlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida ma’ruzalari tinglandi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar va talabalar tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylari ijro etildi.

Mazkur adabiy anjuman yoshlarda ajdodlar xotirasiga hurmat, ular qoldirgan merosni chuqur o‘rganish, ona-Vatanni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashdek ezgu maqsadlarni ko‘zlashi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

N.Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boburning chin insoniy fazilatlari bugun ham yoshlarga ibratdir