Boburjon Omonov ikki karra Paralimpiya chempioni
Fransiya mamlakati mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o‘yinlarining erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish (F41) bo‘yicha so‘nggi hal qiluvchi final bahsi bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Boburjon Omonov yadroni 14.32 metrga uloqtirdi va Paralimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi. U shuningdek 2021 yili Tokio shahrida o‘tgan Paralimpiadada ham oltin medalga sazovor bo‘lgandi.
Eslatib o‘tishimiz joizki, “Parij-2024” Paralimpiya o‘yinlarida hozircha O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medal mavjud.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA