Boburiylar saltanati va tamadduni asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483 – 1530) va Ibrohim Lo‘di (1526 yili o‘lgan) o‘rtasida 1526 yil 20 aprelda yuz bergan Panipat urushini kim bilmaydi deysiz. Tomirlarida ulug‘ Amir Temur qoni oqib turgan buyuk bobomizning o‘z qo‘shinidan deyarli o‘n marta ko‘p dushmanni yengani bugun cho‘pchakdek tuyulishi mumkin. Biroq bu – ishonchli manbalarda o‘z isbotini topgan tarixiy haqiqat!

Oradan o‘ttiz yil o‘tib, 1556 yil 5 noyabrda xuddi shu yer – Panipatda shunga o‘xshash yana bir tarixiy to‘qnashuv yuz bergan. Juda ko‘pchilik bilmaydigan ushbu voqea endigina boburiylar yetakchisiga aylangan 14 yoshli Akbarning (1556 – 1605) Himchandr (1501 – 1556) boshchiligidagi hind qo‘shinini yenggani bilan bog‘liqdir.

Gap shundaki, Zahiriddin Muhammad Bobur o‘g‘li Humoyun (1508 – 1556) oradan ketgani sharoitida boburiylar xonadonida tug‘ilgan bir qadar boshbodoqlikdan foydalanib qolgan Himchandr otni qamchilab, hatto Dehlini ham bosib olishga erishadi va o‘zini oliy hukmdor deb e’lon qiladi.

Ushbu sharoitda o‘zini yo‘qotmagan Akbar otalig‘i Bayramxon (1501 – 1561) yordamida barcha imkoniyatni ishga solib, qo‘ldan ketishi muqarrar hokimiyatni qaytarib olishga otlanadi.

1556 yil 7 oktyabrda Dehli yaqinidagi Tug‘luqobod shahrida yuz bergan Himchandr bilan birinchi to‘qnashuvda Himchandr ixtiyorida 50 000 otliq, 1000 ta fil, 51 ta to‘p bo‘lgan. Oldiniga boburiylar qo‘shinining o‘ng va chap qanotlari dushmanga hujum qilib, ularni chekintirib, ta’qib qilgan. 3000 aksarini o‘ldirib, 400 ta filni qo‘lga olgan. Ilk muvaffaqiyatdan ruhlanib ketgan qo‘shin g‘anim qarorgohini talashga kirishib ketib, hushyorlikni qo‘ldan bergan sharoitda Himchandr 300 fil va qolgan askarlari bilan hujumga o‘tadi. Ushbu hujumga dosh berolmagan boburiylar qo‘shinining ortga chekinishdan o‘zga iloji qolmaydi. Oqibatda, Himchandr Dehlini egallaydi.

Dehlini qaytarib olish maqsadi bilan yongan Akbarshoh qaytadan qo‘shin tuzishga kirishadi. Boburiylar harbiy kuchining bosh ustunligi otliq qo‘shin va yoychilar guruhining borligi bilan bog‘liq edi. Shuningdek, jang paytida maydondagi vaziyatni boshqarish, jumladan, dushman hujumini qaytara olmagan yoki dushman safi ortib ketgan holatlarda, o‘sha tomonga yordamchi kuchlar jo‘natib turilganligi ham ularga ko‘pincha qo‘l kelardi.

Hal qiluvchi urush 1556 yil 5 noyabrda Panipatda sodir bo‘lgan. Himchandrda 500 fil va 30 000 askar, Akbarshohda esa 10 000 qo‘shin bor edi.  

Asosan fil, ot, qilich, yoy, nayzalar ishga solingan to‘qnashuv qilichlar bilan jangdan boshlangan. So‘ng dushman fillarni o‘ng va chap qanotdan hujumga tashlab, ulardan jonli devor sifatida foydalanmoqchi bo‘lgan. Akbarshoh qo‘shini esa fillarni aylanib o‘tib, ularning oyog‘ini kesib tashlaydi. Himchandrning ikki eng yaxshi sarkardasi Shodixon Ko‘kar va Bhagvan Das o‘ldiriladi.

Hindlarning fillar bilan hujum qilishi natijasida boburiylar chap qanotida tartibsizlik yuzaga kelgan bo‘lsa-da, lekin yoychilar va nayzachilarning aniq harakati bilan ustunlik ta’minlanadi. Bu vaziyatda filga minib, hujumga o‘tgan hindlar sardoriga otilgan o‘qlardan biri uning ko‘zidan kirib, boshidan chiqadi va filidan qulab tushadi. Buni ko‘rgan askarlari jangni tashlab qocha boshlaydilar. Himchandrning o‘zi va filini Akbarshoh oldiga olib boradilar. Oliy hukmga ko‘ra, uni qatl etadilar.

Jangda 5000 kishi o‘lgani, fillar o‘lja sifatida olingani ma’lum. Himchandrning butun xazinasi ham Akbarshoh qo‘liga tushadi. Ulug‘ g‘alabadan so‘ng Dehliga kirib borgan Akbarshoh taxtga o‘tiradi, uning nomidan xutba o‘qilib, tanga bosiladi. Shu tariqa, u bobosi Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan saltanatni yo‘q bo‘lib ketishdan saqlab, Hindiston tarixining eng samarali va go‘zal bosqichlaridan biri o‘laroq tan olingan qirq yillik hukmronlik davrini boshlaydi.

Farida Sultonova,

Tarix instituti stajyor-tadqiqotchisi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boburiylar saltanati – Ikkinchi Panipat jangi