“Bobur shoh va shoir, tarixchi olim”
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.
Shu kabi bilim va maʼlumotlarga ega boʻlish maqsadida hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537-yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchi va ishchi-xizmatchilari oʻrtasida Boburxonlik kechasi oʻtkazildi.
Harbiy xizmatchi va ishchi-xizmatchilar 3 bosqichda yaʼni, “Bobur umumarmiya yoshlar nigohida” mavzusida insho yozish, “Bobur shoh va shoir, tarixchi olim” mavzusida savol-javob hamda gʻazalxonlik shartlarida bellashdilar. Bellashuvda harbiy xizmatchilar Bobur ijodiga oid savol-javoblar jarayonida kerakli bilim va maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Tadbirda Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi oʻqituvchilari kuzatuvchi va hakamlik vazifasida ishtirok etdi.
Oʻtkazilgan kecha ishtiroklarining maqsadi barcha shaxsiy tarkibi oʻrtasida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodini yana-da chuqurroq anglash, oʻrganish hamda targʻib qilishdan iborat boʻldi.

Koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan kechada faol ishtirok etib, yuqori ball toʻplagan qatnashchilarga Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tashakkurnomasi va diplomlari topshirildi.