Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.
Poytaxtimizdagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylarida Milliy gvardiya tomonidan Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Bobur kabi seving Vatanni” nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Jamoat xavfsizligi universiteti professor o‘qituvchilari yig‘ilganlarga Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy hayoti haqida gapirib, adabiyotimizga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jkQHEbUkuNM" title="“Bobur kabi seving Vatanni”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Uning betakror she’riyati, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Kechada tarbiyalanuvchilar tomonidan Bobur hayoti va ijodi, boy ma’naviy merosi, asarlari va nodir devonlari, Vatan sog‘inchiga yo‘g‘rilgan g‘azal va ruboiylaridan o‘qildi. Yoshlarning musiqali chiqishlari, sahna ko‘rinishlari va kuylagan qo‘shiqlari barchaga manzur bo‘ldi.
– Men Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga juda ham qiziqaman, ushbu tadbirda uning bir nechta ruboiylaridan namunalar o‘qidim. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy kechalar biz kabi yoshlarni ulug‘ bobokalonlarimiz haqidagi bilimlarimizning yanada kengayishida albatta, o‘z samarasini beradi, – deydi 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Mehrangiz Yavqachova.
N. Rahmonova, O‘zA.