Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk shoir, sarkarda, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda “Ochun” nashriyoti tomonidan boburshunos olim Botirali Yo‘ldoshevning tahriri ostida yangi chop etilgan “Boburnoma” asarining taqdimoti ham o‘tkazildi.

Tadbirda shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, uning ijodi haqida batafsil so‘z yuritildi.  Bobur qisqa va shiddatli umri davomida nafaqat Amir Temur izdoshi, sarkarda, balki yetuk shoir va yozuvchi, “Boburnoma” kabi tarixiy memuar asar muallifi sifatida dunyoga tanilgani e’tirof etildi. Uning ijodidan go‘zal, dilbar, ham teran falsafiy ma’noga ega bo‘lgan g‘azallar, ruboiylar, baytlar o‘rin olgan.  

Anjumanda Bobur asarlaridagi ezgu g‘oyalar asosida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga ehtirom, yurt taraqqiyotiga daxldorlik, qat’iy  fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish haqida fikr yuritildi.    

Adabiy anjumanda “Boburnoma” asari, ushbu asarning boburshunos olim Botirali Yo‘ldoshev tahriri ostida yangi chop etilgan namunasi xususida ham batafsil ma’lumot berildi. Mazkur asar jahongir va sarkarda, shoh va shoir bobomizning ijodida ustuvor o‘rin egallashi bilan birga, tarix, davlatchilik, geografiya, adabiyot, etnografiya, o‘simliklar dunyosi, xalqlarning qo‘hna madaniyati va an’analariga oid qimmatli ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatli.  

–“Boburnoma” dunyoda o‘xshashi yo‘q va juda murakkab asar, – dedi O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, atoqli olim va shoir Abdulla A’zamov. – Bu asar o‘tgan yillar davomida bir necha bor qayta-qayta nashr etilgan. Murakkab asar bo‘lgani sababli ham hech qachon bu asarni takomiliga yetkazib nashr etib bo‘lmaydi. Botirali Yo‘ldoshev – hindshunos olim. Hind diyorini juda ko‘p kezgan. B.Yo‘ldoshev “Boburnoma”ning avvalgi nashrlaridagi Kobul va Hindiston qismidagi xatolarni tuzatishga muvaffaq bo‘lgan.  

–“Boburnoma” asari tarix, geografik ma’lumotlar bilan birga, Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy-ruhiy ma’noda nihoyatda yolg‘izligini ko‘rsatadi, – dedi O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron. – O‘z dardlari, iztiroblari bilan yolg‘iz qolgan odamning kechinmalarini ushbu asar orqali anglash mumkin. Yevropadagi arxivlarni o‘rgansangiz, Bobur haqida ko‘plab dramaturglar, yozuvchilar asar yozganlariga guvoh bo‘lish mumkin. Jahonda bizning tariximiz, ajdodlarimiz haqida juda ko‘plab asarlar bor. Ularni yurtimizga olib kelish muhim.  

Javoharla’l Neru universiteti Til, adabiyot va madaniyatshunoslik maktabi Fors va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi raisi Ahmad Axloqxonning aytishicha, Bobur ijodi Hindistonda ham  katta qiziqish bilan o‘rganiladi. Ulug‘ bobokalonimiz joriy etgan ayrim iqtisodiy tizimlar hozir ham ushbu diyorda keng qo‘llanilmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur hind zaminiga kelgach, bu yerda ilk bor yirik markazlashgan davlat barpo etildi. Hindistonliklar uchun qadrli manbalar bo‘lgan “Hindiston”, “Boburnoma” kabi jahoniy asarlarni Abu Rayhon Beruniy, Bobur kabi sizlarning vatandoshlaringiz yaratgan.  

Ma’rifiy tadbirda Bobur ijodi, uning serqirra faoliyati, “Boburnoma” asari xususida batafsil so‘z yuritildi.  

Nazokat Usmonova,

Nishonboy Abduvoitov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobur ijodi jahonda katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda