Vatanimiz tarixidagi 17 noyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1398 yil (bundan 626 yil oldin) – Amir Temur o‘zining Hindiston yurishlari vaqtida Rajabpur qal’asini egalladi. G‘iyosiddin Alining “Hindiston muhorabasi kundaligi” asarida bu qal’aning nomi Raxtpur qo‘rg‘oni shaklida yozilgan. Mazkur voqea tafsilotlari tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida ham qayd etilgan.

1525 yil (bundan 499 yil oldin) – Zahiriddin Muhammad Bobur poytaxtdagi ishlarini hal qilgach, o‘z o‘rniga hali yosh bola bo‘lgan ikkinchi o‘g‘li Komron Mirzoni qo‘yib, Hindistonni zabt etish uchun beshinchi va oxirgi marta yo‘l oldi. Bu voqeani Bobur o‘zining “Boburnoma” asarida quyidagicha qayd etgan: “To‘qqiz yuz o‘ttiz ikkinchi yil safar oyining avvalida, juma kuni, oftob qavs burjiga kirgan payt edi, Hinduston safarini boshladim”.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Bobur 1504 yilda, 21 yoshida Kobulni egallab, u yerda qaror topadi. U Afg‘onistonda o‘z saltanatini mustahkamlaydi, obodonchilik va ijod bilan shug‘ullanadi. 1519 yildan 1525 yilgacha besh marta Hindistonga yurish qiladi va 1526 yil aprel oyida Panipat shahri yaqinida bo‘lgan jangda Ibrohim Lo‘diyni yengib, Dehli va Agra shaharlarini egallaydi hamda Shimoliy Hindistonda o‘z hukmronligini o‘rnatadi.

1921 yil (bundan 103 yil oldin) – Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan «Turkiston Respublikasida yerdan foydalanish va yer tuzilishi haqida»gi nizom tasdiqlandi. Unda barcha yerlar umumiy davlat, xalq mulki hisoblanib, barcha vaqf yerlari, bolalar bog‘chasi, bolalar uylari, bog‘lar, maktablar, madaniy ta’lim muassasalarining Maorif xalq komissarligi ixtiyoriga o‘tishi ko‘zda tutildi.

1921 yil (bundan 103 yil oldin) – jurnalist va tarjimon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Vahob Ro‘zimatov tavallud topdi. U 1970–1978 yillarda G‘afur G‘ulomning 10 jildli “Asarlar” to‘plamini nashrga tayyorlagan. 1999 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

1924 yil (bundan 100 yil oldin) – Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR) Xalq Nozirlar Sho‘rosining oxirgi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda BSSRni tugatish bo‘yicha A.Muhitdinov boshchiligida 11 kishidan iborat hukumat komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya 1924 yil 18 noyabrda BSSR hokimiyat organlarini tugatishga kirishdi.

1931 yil (bundan 93 yil oldin) – faylasuf olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Muzaffar Xayrullayev tavallud topdi. U 2003 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

1937 yil (bundan 87 yil oldin) – Sobiq Ittifoq Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD)ning 1937 yildagi 447-sonli qarori asosida O‘zbekiston NKVDsi “uchligi”ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda 145 ta jinoiy ish ko‘rildi. Shu kunning o‘zida 269 nafar ayblanuvchi ustidan hukm chiqarilib, 53 nafari otuvga mahkum etildi.

1969 yil (bundan 55 yil oldin) – O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Prezidenti Obid Sodiqov boshliq bir guruh taniqli olimlar ittifoq rahbar organlariga yozma ma’lumotnoma yo‘llab, unda qishloq xo‘jaligida ommaviy ravishda qo‘llanilayotgan pestitsidlar va zaharli kimyovmy moddalar inson salomatligiga hamda atrof-muhitga halokatli ta’sir etayotganligini ma’lum qildi. Biroq Markaz bunday ogoh etishlarga aks-sado bermadi.

2000 yil (bundan 24 yil oldin) – Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta’limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Abu Mansur Moturidiy milodiy 870 yilda Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog‘ida tavallud topib, 944 yilda vafot etguniga qadar shu yerda yashagan. “Hidoyat yo‘li imomi”, “Mutakallimlar imomi” nomlari bilan ulug‘langan mazkur allomaning asosiy asarlari “Kitob at-Tavhid” (“Allohning birligi”), “Ta’vilot ahl as-sunna” (“Sunniylik an’analari sharhi”)dir.

Hamidxon Islomiyning qayd etishicha, Moturidiy taqdir irodasiga muvofiq Islom ilmidagi buyuk kashfiyotlari va bu ilm sohasidagi g‘olibona ilmiy muvaffaqiyatlari evaziga “Abu Mansur”, ya’ni “G‘olib ota” martabasiga musharraf bo‘ldi. “Abu Mansur” nomi bilan uning shuhrati dunyoga yoyildi, azaliy ilm makoni bo‘lgan ona Vatanimiz shuhratini ham olamga tanitdi.

2017 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Harbiy tarixni o‘rganish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2022 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher Egamberdiyev tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobur Hindistonga necha marta yurish qilgan?